Yaponiya aholisi ​433,2 ming kishiga kamaydi​

0
“Shu yilning boshiga kelib Yaponiya aholisi taxminan 124,8 millionga yetdi, bu bir yil avvalgiga nisbatan yana 433,2 ming kishiga kamaydi degani”, deyiladi Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligi ma'lumotida. 
Ketma-ket o'n yildirki, aholi soni kamayib bormoqda. Mahkama ma'lumotiga ko'ra, bu yerda gap yaponlar haqida bormoqda, xorijliklar, aksincha, ko'paymoqda.
2018 yilda yapon oilalarida 921 ming go'dak dunyoga kelgan, 1 million 363 ming 564 ta o'lim qayd etilgan. Oraliq farq aholi soni kamayishidan darak bermoqda, deyiladi xabarda.