Amerikada uch yashar bola otasining xotirasi sustligi sababli qurbon bo'ldi… Nahotki?..

0

 

Janubiy Indiana universiteti professori Endryu Dill ertalab uch yashar o'g'li Oliver Dillni bog'chasiga tashlab o'tishi lozim edi. Biroq universitetga kirib qaysidir ishini bitirib ketishga qaror qildi. Bola mashina salonida qoldi. Eshiklar qulflangandi. Salonda esa havo harorati 40 daraja issiq edi. Professor ichkariga kirib ketgan-u, bolasi mashinada qolib ketganini unutgan. Oradan uch-to'rt soat o'tgachgina bolani bog'chaga olib borishi zarurligi yodiga tushgan. Baxtga qarshi Oliver deyarli ajal bilan olishardi. Zudlik bilan vrach chaqirtirdi. Lekin vrachlar ham bolaning hayotini saqlab qola olishmadi. U shu yerda olamdan o'tdi.

Hozirda Oliver qatnaydigan universitet bog'chasi yopib qo'yilgan. Professor Endryu Dill ustidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Jinoiy ishni mahalliy prokuratura ko'rib chiqmoqda.

Astag'firillo!!!

 

 

loading...