Mayk Tayson: «Makgregor uni hech qachon yuta olmaydi»

0

Professiona boksda bir qator chempionlik kamarlarining sobiq egasi amerikalik Mayk Tayson (50-6, 44 KO) UFC’ning ikki vazn toifasida sobiq titul sohibi irlandiyalik Konor Makgregor (21-4, 18 KO) haqida fikr bildirdi.

«O'ylashimcha, Makgregor marketing bo'yicha ustasi farang.Habib uni taslim etdi va ular yana jang qilishni xohlashmoqda. Albatta, muxlislarga ularni yana oktogonda ko'rish yoqadi. Biroq, Makgregor Habibni yuta olmaydi. Hech qachon yuta olmaydi. Lekin, shunda ham tomoshabinlar ushbu jangni ko'rish uchun chiptalarni sotib olaveradi», – deydi «temir» Mayk.