O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 15 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun taqdir sizga syurpriz tayyorlab qo'ygan. Qo'lingizga g'oyibdan katta pul kelib tushishi mumkin. Faqat pullarni darrov sarf qilishga shoshilmang. Yaqin orada uy-joy masalasida sizga katta pul kerak bo'lishi mumkin. Ishxonangizdagi martaba va lavozimingizni oshirish uchun juda e'tiborli bo'lishingiz talab etiladi. Ommaviy tadbirlar bugun muvaffaqiyatli va yoqimli kechadi. Salomatligingizni ehtiyotlang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. To'g'ri ovqatlaning.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

15 iyul kuni pullarni keragidan ham yaxshiroq tejashingiz kerak bo'ladi. Qarzga botishingiz tavsiya etilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida obro'li va badavlat odam bilan tanishishingiz kutiladi. Allakim o'zingiz haqingizda hali o'zingiz ham bilmagan xabarlarni yetkazishi kutiladi. Kimlardandir tanqid eshitishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun oilangiz davrasida dam oling. Birovlarga bemavrid tanbeh berishdan saqlaning.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun o'ta og'ir jismoniy ishlarga qo'l urishingiz tavsiya etilmaydi. Unday ishlarni o'zini a'lo darajada his etayotgan, bel og'rig'idan shikoyati yo'qlar bajaraversin. Siz esa yangi, ko'proq moddiy manfaat keltiradigan loyihalarga qo'l uring. Loyihalar anchadan beri navbat kutib yotibdi. Bugun sportzaldagi mashg'ulotlar, faollik talab qiluvchi o'yinlar va basseynda cho'milish xayrli o'tadi. Lekin haddan ziyod jismoniy zo'riqishlarga yo'l bermang.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

15 iyul qisqichbaqa burji ostida tug'ilganlarning ko'pchiligi uchun omadli kechadi. Yashash joyingizni o'zgartirishingiz, yangi ishga o'tishingiz ehtimoli bor. Ishxonangizda bajarishingiz lozim bo'lgan yumushlar ko'p. Issiq kunlari bu sizga ancha og'ir ham tuyulishi mumkin. Lekin uddalaysiz. Shaxsiy hayotda sizdan xotirjamlik talab qilinadi. Agar zararli odatlardan voz kechish uchun bugunni tanlagan bo'lsangiz, adashmabsiz. Bu amalingiz bugun muvaffaqiyatli o'tadi. Kechalari ovqatlanib chiqishdan ham voz keching. O'zingizga foyda. Shu bahonada salomatligingizni ham yaxshilab olasiz.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

15 iyul kuni salomatligingiz bilan astoydil shug'ullanish uchun qulay imkoniyatlar bisyor bo'ladi. Faqat ulardan unumli foydalana bilsangiz bas. Lekin dorixonalarga chopib qimmat turadigan dorilar xarid qilishingiz, ularni vrach maslahatisiz ichishni boshlashingiz noto'g'ri bo'ladi. Nimadir bezovta qilayotgan bo'lsa, mutaxassis ko'rigidan o'tgach, muolaja boshlang. Bugun sport bilan shug'ullanish, tanani chiniqtirishga yo'naltirilgan amallarni ado etish va saunaga borish foydali kechadi.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Ertalabdan yaqin o'tmishdagi xatolaringizni o'ylab ich-etingizni yeya boshlaysiz. Nega? Shu kerakmi sizga? Bugungi kun bilan yashayverganingiz ma'qul emasmi? Undan ko'ra borlig'i kuch va imkoniyatlarga to'la, o'ziga ishongan holda olg'a borayotganlarga havas bilan boqing. Ulardan o'rnak oling. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun sizga badavlat tanishlarning yordami zarur bo'ladi. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar quyosh tig'ida ko'p turib qolishdan saqlansinlar.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

15 iyulda o'zingiz qolib qarindoshlardan birining moddiy ahvoli yomonlashuvidan tashvish cheka boshlashingiz kutilmoqda. Lekin o'zingiz haqingizda qayg'urishingiz ham zarur. Bo'lar-bo'lmas xarajatlardan voz keching. Buning uchun sizda imkoniyatlar yetarli. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida foydali shartnomalardan biriga muvaffaqiyatli tarzda imzo chekishadi. Lekin yangi hamkorlar bilan kelishuvlarga erishishda ehtiyotkor bo'ling. Birinchi navbatda salomatligingizni mustahkam tutish haqida qayg'uring.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun qalbingizni qayg'uga yo'g'rilgan tuyg'ular band etadi. Ishda ko'p yutuqlarga erishganingiz, ammo shaxsiy hayotda omadingiz chopa qolmayotganidan xafa bo'lasiz. Ammo qayg'urishga hali erta. Oilasiz bo'lsangiz, yaqin vaqtlarda ilmli, moddiy ahvoli yaxshi bir insonni uchratasiz. Shaxsiy hayotingiz shundan keyin ijobiy tarafga qarab o'zgara boshlashiga guvoh bo'lasiz. Bugun tadbirkorlar uchun foydali kelishuvlar, xizmat safarlari, martabani oshirish uchun xizmat qiladigan har qanday harakatlar xayrli kechadi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

15 iyul kuni aldanib qolmaslik, chuv tushmaslik uchun shubhali odamlardan nari bo'ling. Oila qurmagan bo'lsangiz, xushomadlarga alohida e'tibor bilan yondashing. Xushomadlar yolg'ondakam bo'lib chiqishi hech gap emas. Hamkasblar bilan munosabatlarda o'zingizni xotirjam tutishga harakat qiling. Ularning qaysidir ishi, o'zini tutishi yoqmayotgan bo'lsa ham tilingizni tiying. Oilaviy hayotda sizni xursandchiliklar kutadi. Qarindoshlar kichik bo'lsa-da, ajoyib bayram tashkil etishmoqchi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun pul emas, o'zingiz haqingizda ko'proq qayg'uring. Pullaringiz yo'q emas. Biroq ularga tikilib o'tiraverishdan ne naf? Pullarni foydali maqsadlarga sarflash payti yetdi. Oila qurmaganlar turmush haqida, mustaqil hayot qurish haqida ko'proq o'ylashlari tavsiya qilinadi. To'g'ri, birinchi uchragan odamga ishonib ketaverish noto'g'ri bo'ladi. Lekin qo'l qovushtirgancha o'tiraverishingiz ham to'g'ri bo'lmaydi. Kechqurun do'stlaringizdan biri tashvishli xabar yetkazishi mumkin.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

15 iyulda birinchi qiladigan ishingiz dam olishdan iborat bo'lishi kerak. Keyingi paytlarda ishga shu qadar berilib ketgansizki, yaqinlaringiz bilan dildan suhbat qurish, mazali taomlar iste'moli haqida unutib qo'ygandeksiz. Yolg'izlar bugun romantik tanishuvlar masalasida omadsizlikka yuz tutgan bo'lsalar bu fojia emas. Harakatda davom etaverishingiz lozim. Kechqurun bir talay yoqimli xabarlar eshitasiz. Ulardan to'g'ri xulosalar yasashga ham urinib ko'ring.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Bugun sarguzashtlarga berilmasligingiz tavsiya etiladi. Aks holda qayg'uli lahzalar ummoniga cho'kib ketishingiz hech gap emas. Hamkasblar, do'stlar bilan orangizda jiddiy muloqotlar bo'lib o'tishi kutiladi. Muloqotlarning foydali jihatini oling, foydasizini chetga suring. Kimlardir kechqurun qaegadir borish yoki qaerdadir ko'ngil yozishni taklif qilsa, bosh torting. Buning oxiri yaxshilik bilan tugamaydi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...