Ilon Mask o'z sirlarini ochdi!

0

Olamshumul g'oyalar bilan butun dunyoni hayratda qoldirishga odatlanib qolgan Ilon Mask bundan 3 yil burun tashkil etilgan “Neuralink” kompaniyasida olib borilayotgan tadqiqotlar to'g'risida batafsil ma'lumotlarni ilk marotaba oshkor etdi.
Ma'lum bo'lishicha, bu yerda yaratilayotgan moslama yaqin kelajakda bevosita inson miyasi va kompyuter o'rtasida axborot almashinuvi imkoniyatini taqdim etadi. Moslamaning sinovdan o'tkazilishi kelgusi yilga mo'ljallangan. Dastlab, tajriba odatdagidek sichqonlar ishtirokida amalga oshiriladi.
Barcha jarayonlar muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda bir necha yildan so'ng insonlarning kompyuterda ishlash tezligi aql bovar qilmas darajaga yetishini tasavvur etish mumkin. Deylik, kundalik faoliyatimizda uchraydigan holatni misol qilib olaylik: bir necha sahifa matnni kompyuter xotirasiga klaviatura orqali kiritish uchun qancha vaqt sarflashga to'g'ri keladi. Yuqorida tilga olingan moslama orqali esa buni bir necha daqiqada amalga oshirish mumkin bo'ladi.
Bir zamonlar kotiba bo'lib ishlagan va shovqin solib ishlaydigan yozuv mashinalarida harf tergan buvijonlar bu haqda eshitib: “Tinib tinchimagan odamlar-ey, nimalarni o'ylab topishmaydi-ya”, desalar ajab emas.

loading...