Samarada 46 nafar o'zbekistonlik erkak hozircha noma'lum mahsulotdan zaharlanish tufayli shifoxonaga tushib qoldi…

0

 

16-17 iyul kunlari oralig'ida Samara viloyat kasalxonasiga jami 46 nafar o'zbekistonlik erkak og'ir ahvolda yotqizildi. Vrachlarning dastlabki tashhisiga ko'ra, ular hozircha noma'lum mahsulotdan zaharlangan.

Rossiya huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlarining xabariga qaraganda, bu erkaklar O'zbekistondan Samaraga 2019 yili qishloq xo'jalik ishlari bilan shug'ullanish niyatida kelgan. Umuman, bu viloyatga kelganlarning soni 60 nafarga teng. Ular barcha shart-sharoitga ega uylarda istiqomat qilgan. Ovqatni ham o'zlari tayyorlashgan. Ayrimlarning muhojirlar qo'lbola aroq ichgan bo'lsa, o'shandan zaharlangan bo'lishi mumkin degan taxmini ham yo'q emas. Xullas, buni vaqt ko'rsatadi.

 

 

loading...