12 yil qidiruvda bo'lgan jinoyat olami avtoritetlaridan biri oqlandi va Toshkentga qaytdi…

0

 

U Ravshan Muhiddinov, “Ravshan Zolotoy” laqabi bilan jinoyat olamida mashhur. O'zbekistonlik G'ofur Rahimovning jiyani.

Ravshan 12 yildan beri xalqaro qidiruvda bo'lgan. Uni uyushgan jinoiy to'dalarga yetakchilik qilganlikda ayblashgan. Ammo ayblovlar o'z isbotini topmagan.

Ravshanning vatanga qaytganini otasi Bahodir Muhiddinov ham tasdiqladi. Uning aytishicha, Ravshanning nomini Toshkentga qaytishi arafasida ichki ishlar vazirligidagilar qidiruvda bo'lganlar ro'yxatidan olib tashlashibdi.

2007 yil Ravshan 18 yoshda edi. O'shandayoq uni respublika jinoyat majmuasining 242- moddasi bo'yicha (“Uyushgan jinoiy guruh tuzish va unga yetakchilik qilish”) aybdor deb topishgan. Ayblov e'lon qilingandayoq Ravshan O'zbekistonni tark etdi. 58 yoshli otasi Bahodir Muhiddinov Ravshan vatanni tark etganiga 12 yil bo'lgach, shu yil aprelida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga o'g'liga qarshi ochilgan jinoiy ish qayta ko'rib chiqilishida yaqindan yordam berishini so'rab murojaat etdi.

Bahodir akaning aytishicha, prezidentga murojaatidan so'ng ikki oy o'tib unga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tergovchilari qo'ng'iroq qilib, o'g'lining ismi xalqaro qidiruvdagilar ro'yxatidan olib tashlangani, jinoiy ish esa qayta ko'rib chiqilishini aytishgan.

Bahodir Muhiddinov yana shu narsani aytib o'tdiki, 12 yil oldingi o'sha janjalli ish ishtirokchilari yaqinda tergovga qayta jalb etilgan. Ular bu janjallarga Ravshan Muhiddinovning umuman aloqasi yo'qligini bayon qilishdi.

— Jinoiy ish qayta ko'rib chiqildi, — davom etdi Bahodir aka. — O'g'limga qo'yilgan ayblovlar o'z isbotini topmadi. O'g'limning zimmasiga yuklangan ayblov olib tashlandi. Ish yopildi…

Yana yaqin o'tmishni yodga olamiz. 2009 yili Ravshan Muhiddinovni Istambuldagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda qo'lga olishdi. Oradan uch yil o'tgach, uni qo'yilgan ayblovlar isbotini topmagani bois qo'yib yuborishdi.

Lekin 2013 yil oktyabrida Ravshan Muhiddinov Birlashgan arab amirliklarida qo'lga olindi. Ikki oy Dubaydagi «Al-Avir» turmasida o'tirdi. Unda ham Ravshanga qo'yilgan ayblovlar o'z isbotini topmabdi. Qo'yib yuborishdi.

Ana shunaqa gaplar.

Astag'firillo!!!

 

loading...