​Ibratli hikoya. Hasad

0

 

Bir kuni shifoxona palatasiga aravachada navbatdagi bemorni olib kelishdi. Bu xonada boshqa bemor ham bo'lib u deraza yonidagi karavotda yotardi. Ular tanishib qolishdi, deraza yonida yotgan bemor karavotida, o'rnidan qimirlay olmay yotgan do'stiga tashqi dunyoni chiroyli qilib tasvirlab berardi.

U goh qarshi tarafda joylashgan istirohat bog'idagi daraxtlarning naqadar go'zalligini, yengil shabadada ularning barglari raqsga tushishini hikoya qilar. Goh esa yo'lovchilarni batafsil tasvirlardi.

Vaqt o'taverdi, o'rnidan turolmaydigan bemor tashqi dunyo go'zalligini o'z ko'zi bilan ko'ra olmayotganligidan qayg'uga tusha boshladi.

Oxir oqibat bemor hamxonasini yoqtirmay qoldi, keyin esa nafratlana boshladi.

 

Shunday kunlarning birida kechasi deraza yonida yotgan bemorni qattiq yo'tal tutdi va nihoyat u nafas olmay qo'ydi.

Ikkinchi bemor xatto shifokorni chaqirishni ham o'ziga ep ko'rmadi. Ertalab go'zal manzaralarni tasvirlab beruvchi hamxonaning vafot etganligi aniqlanib uni karavoti bilan olib chiqib ketishdi.

Ikkinchi bemor o'zini deraza yoniga o'tqazishlarini iltimos qildi. U xursand edi, endi  go'zallikni faqat o'zi ko'rib undan to'sib turgan bemor yo'q edi!

Navbatchi hamshira uning karavotini deraza yoniga surib qo'yganda, u beihtiyor tashqariga qarab qaltirab  MUZLAB ketti.

– Qarshisida baland g'ishtin devor bor edi xolos…

@baxtli_hayot

loading...