Saakashvili Zelenskiyning «hurmati» uchun saylovlarda ishtirok etmaydi…

0

 

Gruziya sobiq prezidenti, Odessa sobiq gubernatori, hozirda Ukraina fuqarosi Mixail Saakashvili Oliy Radaga saylovlarda o'zining «Yangi kuch harakati» partiyasi ishtirok etmasligini ma'lum qildi. U aytdiki, partiya mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning hurmati uchun ham saylovlarda ishtirok etmaydi.

— Mening partiyam, — dedi siyosatchi. — Oliy Radadan o'rin olish uchun besh foizli baryerga ega bo'lishi juda mushkul. Qolaversa, shaxsan men Zelenskiy yetakchilik qilayotgan «Xalq xizmatkori» partiyasi Radada ko'proq o'ringa ega bo'lishini istayman. Biz boshqaruvdagi partiya bilan hech qachon raqobat qilmasligimiz, unga imkoniyat yaratib berishimiz lozim…

Saakashvili yetakchiligidagi «Yangi kuch harakati» partiyasi 2017 yili tashkil topgan. Poroshenko hukumati davrida partiya muxolifatchi hisoblangan.

Oliy Radaga favqulodda saylovlar shu yil 21 iyul kuni bo'lib o'tadi.

 

 

loading...