Fransiyalik ixtirochi o'zining uchar taxtasini namoyish etdi… (VIDEO)

0

 

Bu quvonarli va hayajonli voqea Fransiyaning Parij shahrida sodir bo'ldi. 14 iyul kuni Bastiliya Fransiya tarkibiga kiritilgan kunga bag'ishlangan harbiy parad chog'ida ixtirochi Frenki Zapata o'zi yaratgan uchar taxtada parvoz qilib, hatto, mamlakat prezidenti Emmanuel Makronni ham qoyil qoldirdi. Bu uskuna «Flyboard Air» — Xoverbord deb atalib, unga beshta reaktiv motor o'rnatilgan. Ixtirochi parvoz jarayonida bir qo'lida vintovkaga o'xshash qurol turini tutgan holda Parij osmonini aylanib uchdi. Makron janoblarining aytishicha, ushbu ixtironi shaxsan o'zi qo'llab-quvvatlagan. Sababi, uskuna fransuz harbiylari uchun juda qulay va jangovar hisoblanadi. Bir so'z bilan aytganda, fransuz armiyasining faxri ham deyish mumkin.

Ayrim internet ishqibozlari uskunani Yashil Goblinga qiyoslashdi. Zapatuning o'ziga esa Temir Odam deb ot qo'yib olishdi.

 

loading...