ODAMNING KO'ZLARI XASTALIKLARDAN XABAR BERA OLADI…

0

 

Mutaxassislar jiddiy xastalikka chalinmaslik yoki bundan o'z vaqtida xabar topish uchun tez-tez ko'z do'xtiriga uchrashib turishni maslahat berishmoqda. Sababi, ko'zlar turli xastaliklardan xabar bera olarkan. Masalan, ko'zingizning oq qismida qizil tomirchalar paydo bo'lsa, demak, siz gipertoniyaga uchragansiz yoki uchrash xavfi ostidasiz. Basharti ko'zlaringiz doimiy ravishda yoshlanib tursa, allergik xastalik xavf solmoqda ekan.

Jigar hamda o't qopida muammo bo'lsa, ko'zlarning oq qismi sarg'ayibroq qoladi. Bu holat ko'proq piyonistalarda kuzatiladi. Ko'zning oq joylari moviylasha borsa, bo'g'imlarda jiddiy muammolar yuzaga kelgan bo'lib chiqadi. Infarkt va insult xavf solishi mumkin bo'lsa, ko'zlarning oq qismi kumush yoki mis rangiga kirib qoladi. Ammo buni maxsus uskunalarsiz aniqlab bo'lmaydi. Qovoqlarda og'riq paydo bo'lishi qandli diabet rivojlana boshlaganidan darak beradi.

Salomat bo'ling!!!