O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 23 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

23 iyul kuni o'z natijalaringiz bilan barala g'ururlanaverishingiz mumkin. Ular juda yuksak. Muhabbatda oldin prinsiplaringizni taftishdan o'tkazing-da, ana undan keyin juftingizni biror xatoga yo'l qo'yganlikda ayblang. Balki bu xatolik siz tufayli yuzaga kelgandir? Kechqurun ayrimlar yaqin manzilga safar qilishlari mumkin. Safar sizga yoqimli lahzalarni hadya etadi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Bugun azaliy orzularingizni haqiqatga aylantirishingiz uchun barcha sharoitlar muhayyo bo'ladi. Bu yo'lda hech kim sizga to'siq qo'ya olmaydi. Kun davomida yoqimli xaridlarni amalga oshirsangiz ham ziyon ko'rmaysiz. Ish joyingizda hamkasblar bilan orangizda janjal chiqishini istamasangiz, tilingizga juda ehtiyot bo'ling. Bugun zararli odatlardan voz kechiladigan kun. Shuni unutib qo'ymasligingiz tavsiya etiladi. Salomatlikka alohida e'tibor qarating.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

23 iyulda shaxsiy hayotingizni izdan chiqarish istagida bo'lganlarning sanog'i bo'lmasligi mumkin. Qiziq, siz ularga hech qachon yomonlik qilmagansiz. Ular esa oyog'ingizdan chalish payiga tushishgan. Tabiat qo'yniga dam olish uchun borish bugun muvaffaqiyatli va xayrli kechadi. Miyangizni hadeganda xunuk xayollar chirmab olaversa, ularni haydab soling. Ayniqsa, muhabbatda shunday o'ylar ko'ksingizni kemira boshlashi mumkin.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun qarshingizda muammolar shu qadar ko'p bo'ladiki, qay birini bartaraf etish lozimligini bila olmay halak bo'lishingiz mumkin. Agar o'zingizga notanish bo'lgan taomni tatib ko'rishga to'g'ri kelsa, juda ehtiyot bo'ling. Ish joyingizda chigal vaziyatlar yuzaga kelishi kutilmoqda. Hushyor turing. Rahbarlar bilan gaplashganda, bir pog'ona pastda turishingiz talab etiladi. Asablarni ehtiyotlang.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

23 iyul kuni ishda ayrim mushkulotlarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Agar mushkulotlarni yolg'izlikda hal eta olishingizga ko'zingiz yetmasa, hamkasblarga yordam so'rab murojaat eting. Oilali bo'lsangiz, bolalar tarbiyasi masalasiga alohida e'tibor qarating. Kechki payt ba'zilar do'kon yoki bozor aylanib favqulodda xaridlarni amalga oshiradi. Baribir tejamkorlikni yuqori qo'ying. Ovqatlanishda sergak bo'ling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugungi kuningiz foydali va yoqimli lahzalarga boy bo'ladi. Kunning birinchi yarmida bir-biridan yoqimli xaridlarni amalga oshirish natijasida ko'nglingiz yayraydi. Ishxonangizda ishingizdan nuqson topishlari mumkin. Oila a'zolaringiz bilan munosabatlarda jahlni mehrga almashishingiz kerak bo'ladi. Qarindoshlar turli mavzularda savollar bilan murojaat etishlari mumkin. Siz bu savollarga albatta javob topa olasiz.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Ish, tashvish, do'stlar va uchrashuvlar… Bugungi kuningiz ana shunday amallarga to'la kechadi. Asosiysi, ularning barchasi yoqimli emotsiya hadya etmoqchi. Oilasizlar romantika og'ushida qolishlariga ham sira shubha yo'q. Moliyaviy sohada ham omadingiz chopadi. Hisobingizga yoki plastik kartochkangizga yirik miqdorda pul kelib tushishi kutilmoqda. Agar kechqurun ishxonangizdagi rahbarlar xizmat safariga jo'natishsa, aslo bosh tortmang. Serqatnov yo'llarni kesib o'tishda hushyor bo'ling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

23 iyul kuni tadbirkorlarning kuni tug'ishi aniq. Anchadan beri xorij firmalaridan biri bilan foydali shartnoma imzolashni orzulagan bo'lsangiz, orzuingiz amalga oshadi. Ayrim oila qurmaganlar tanlagani bilan xarakterlari to'g'ri kelmasligi tufayli xayrlashishga majbur bo'ladi. Endi o'zingizga mos juft izlashingizga to'g'ri keladi. Ovqatlanish ratsioningizga ham bir marta bo'lsin nazar tashlab oling.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun shaxsiy biznesiga ega do'stlarimiz nihoyatda chayir bo'lishlari kerak. Shundagina daromad ko'rishda raqobatchilardan ilgarilab keta olasiz. Pozitsiyangizni zinhor ularga oldirib qo'ymang. Kerak bo'lsa, sovuqqon jangchiga aylaning. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan munosabatlarda haqiqiy artistga aylanishingiz lozim bo'ladi. Kechqurun sevimli xobbingiz bilan shug'ullanishga alohida vaqt ajrating.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

23 iyulda ancha oldin o'ylab topgan loyihangizni hayotga tadbiq etish uchun bir chimdimgina imkoniyat yetmay qolishi mumkin. Demak, hali fursat yetmabdi. Uni qaytadan chetga surib, boshqa ishlar bilan band bo'lishingiz zarur. Shaxsiy hayotda sayohat masalasiga qaytishingiz kerak. Ro'zg'oringizda ham muammolar to'lib yotibdi. Nimalarnidir ta'mirlash, nimalarnidir xarid qilish kabilar ancha vaqt olishi mumkin.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Bugun dunyoqarashingizni sezilarli darajada kengaytirishingiz kerak. Bo'lar-bo'lmas tashvishlarni deb behuda vaqt sarflamang. Oilasizlarning ba'zilari yaqin o'tmishga qaytib ish ko'rishni ma'qul ko'ra boshlashi mumkin. Kechqurun moliyaviy muammolaringiz ijobiy hal bo'ladi. Qo'lingizga mo'may daromad kelib tushadi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

23 iyul kuni hayot mazmuni qaerda bo'lishi mumkinligini taxminan aniqlagandan keyingina qidirishga tushing. Rahbarlardan gap eshitishni istamasangiz, zimmangizdagi vazifalarni o'z vaqtida ado eting. Yo'qsa, gap eshitish uyoqda qolib mukofotdan ham mahrum bo'lishingiz hech gap emas. Muhabbatda sof ko'ngil bilan ish tuting.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...