O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 26 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

O'tgan kunlardagi bajargan ishlaringiz mukofotini bugun qabul qilib olasiz. Hamkasblaringizga nisbatan sergak munosabatda bo'ling. Ulardan kimdir sizni chuv tushirish payida yuribdi. Sukut saqlagan holda zimdan kuzatsangiz, kimligini albatta aniqlaysiz. Muhabbatda omadingiz keladi. Oilasiz bo'lsangiz, ko'ngil izhorlari, romantika, garmoniya faqat sizniki bo'ladi. Faqat bo'lg'usi juftingizni tanlashda xatoga yo'l qo'ymang.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

26 iyul kuni ilgari umuman qiziqtirmagan mashg'ulotlar bilan qiziqib qolishingiz mumkin. Kun davomida bo'sh vaqt topsangiz, uni o'zingizga va madaniy dam olishga bag'ishlang. Konsertga yoki teatrga tushsangiz ham ko'ngildagidek madaniy hordiq chiqarishingiz mumkin. Bir so'z bilan aytganda, bugungi kunni faqat o'zingizga baxshida eting. Faqat oraga spirtli ichimliklarni aralashtirmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Oila qurmaganlarning ayrimlari ish joyida hamkasblardan birini anchadan beri ko'z ostiga olib kelardi. Bugun unga ko'nglingizni oching. Aynan u idealingizdagi inson hisoblanadi. Tanlovda adashmang. Kun davomida qiladigan ishlaringizni bloknotingizga qayd eta boring. Aks holda chalkashliklarga yo'l qo'yiladi. Qarindoshlar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Ovqatlanishda me'yorni biling va rejimni buzmang.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

26 iyulda birinchi navbatda to'yib uxlashni xohlaysiz. Shu qadar charchaysizki, tunni romantika yoki shu kabi mashg'ulotlar emas, to'yib uxlash uchun kuta boshlaysiz. Kun davomida qo'shimcha daromad keltiruvchi ishlarni taklif etishlari mumkin. Rozilik bildirishdan oldin ish bilan yaqindan tanishib chiqishingiz talab etiladi. Moliyaviy masalada sira xavotirga tushmang. Yaqin do'stlardan biri uzoq muddatga qarz beradi. Ko'ribsizki, moddiy ahvolingiz yaxshilanadi-qoladi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Arslon burji ostida tug'ilganlar bugun jahldorlikka begona bo'lishadi. Qalbingizni muhabbat chulg'ab olishi kutilmoqda. U sizga ilhom beradi, to'lqinlantiradi. Qahramonliklar sari unday boshlaydi. Bugun ro'zg'or ikir-chikirlari va moliyaviy muammolar ikkinchi darajaga tushib qoladi. Hayotdan zavqlanasiz. Har bir lahzadan zavq olasiz. Faqat kechki payt bu quvonchingizga qo'shnilardan biri bilan bo'lib o'tadigan janjalli onlar yakun yasashi mumkin.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

26 iyul kuni parizod burji ostida tavallud topganlar sergaklikka alohida e'tibor qaratishsa, kun davomida xatoliklarga yo'l qo'ymagan bo'lishardi. Kun mobaynida xizmat safarlari, konferensiya, taqdimot marosimlarida ishtirok etishingiz kutilmoqda. Xalqqa aytadigan gapingiz bo'lsa, marhamat, oratorlik iste'dodingizni ishga solishingiz mumkin. Bugun muallimlar, siyosatchilar va advokatlarning kuni tug'adi. Ezgu maqsadlar yo'lida jiddiy to'siqlar ko'zga tashlanmaydi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun ish joyingizda haqiqiy professional, aqlli xodim ekaningizni bemalol qayta-qayta namoyish etishingiz mumkin. Yaqindagina shaxsiy biznesini ochganlar bugun ot ustida bo'lishadi. Omad kafolatlangan, daromad quyma oltin kabi kissangizga quyilishiga ne yetsin. Faqat ro'zg'oringizda jiddiy muammolar bor, ularni bartaraf etish uchun ancha-muncha pul sarflashingiz zarur bo'ladi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

26 iyul tom ma'noda sizning kuningiz. Har qanday odamni aytgan so'zingizga ishontira olasiz. Shu bahonada naqadar bilimli ekaningizni atrofdagilarga ko'rsatib qo'yish imkoni tug'iladi. Kechki payt sizni tantanali bir tadbirga taklif etishadi. Tadbirda oratorlik qobiliyatingizni ishga solishingiz talab etiladi. Yangi tanishgan odamlar birgalikda ziyofatga borishni taklif qilishsa, rad etmang. Oilasiz bo'lsangiz, shu bahonada bo'lg'usi juftingizni uchratishingiz ehtimoli bor.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

O'qotar burjining ayol vakilalari bugun go'zallik saloniga borib tashqi ko'rinishlariga zeb berishadi. Umuman aytganda, kun xuddi shundan boshlanadi. Ishxonangizdagi hamkasblar bilan muloqotda hushyor bo'ling. Tilingizga ehtiyot bo'lish ham yodingizdan chiqmasin. Basharti kimdir sizni g'iybat qilayotganidan xabar topsangiz, joyida tilini tiyib qo'ying. Ammo mushtlashuvgacha borish tavsiya qilinmaydi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

26 iyul kuni ishdagi muhit joningizga tega boshlaganini his etasiz. Lekin bu noto'g'ri. Ish joyingizdagi muhit yillar davomida paydo bo'lgan. Aksincha siz yoshlarni shu muhitga ko'niktirishda jonbozlik ko'rsatishingiz kerak. Kunning ikkinchi yarmida ajoyib bir inson bilan tanishib qolasiz. U sizga professional kasbingiz bilan bog'liq muammolarni bartaraf etishda ko'mak berishi mumkin. Kechqurun o'tganlar haqiga duo qilish, yoga va meditatsiya bilan shug'ullanish xayrli kechadi.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Kunning birinchi yarmida ishingiz bilan bog'liq seminarlar tashkil etilishi kutiladi. Agar unda faol ishtirok etsangiz, faqat foyda ko'rasiz. Tajribangizga tajriba qo'shiladi. Oilalilar kun davomida quvonchli xabar eshitishlari mumkin. Agar bu uy yoki mashina sotib olish bilan bog'liq xabar bo'lsa, hujjatlarni taxt qilavering. Kechqurun oila qurmaganlar romantik uchrashuvga otlanishadi. Omad sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

26 iyulda zimmangizga xayrli va o'ta mas'uliyatli bir vazifa yuklanadi. Kam ta'minlanganlarga moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatasiz. Bu ishni qoyillatib bajarishingizga sira shubha yo'q. Oilasiz bo'lsangiz, muhabbatda tushkunlikka tushmang. Garchi tanishuvlar, so'zlashuvlarda omadingiz chopmasa ham olg'a borishdan tiyilmang. Vaqti keladi, siz albatta qidirganingizni uchratasiz.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi