O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 28 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Agar ertalabdan xarakteringiz ustida ish olib borsangiz, yaxshi tarafga o'zgartirishingiz mumkin bo'ladi. O'z ishingiz ustasi ekaningizni barchaga namoyish etish uchun bugun qulay imkoniyatlar tug'iladi. Atrofdagilar bilan muloqotda qalbingizni oching. Moliyaviy muammolarga barmoq orasidan qaramasligingiz talab etiladi. Bu sizga faqat inqiroz, muammo ustiga muammo olib keladi xolos. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

28 iyul kuni har qanday ishni do'ndirib bajara olasiz. Yakunlagach, o'zingiz va bajargan ishingiz bilan faxrlanishni ham unutmang. Kasbingizni o'zgartirish haqida aslo o'ylay ko'rmang. Hozirgi kasbingiz orqasidan yaqin vaqtlarda hayotingizdagi eng yorqin lahzalarni ko'rasiz. Xastalar bugun birdan tuzalish pallasiga kirishi kutilmoqda. Issiqda muzdek ichimliklar ichishdan tiyiling. Bronxit yoki angina orttirib olishingiz mumkin.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun butun atrof, ya'ni, tabiat, bolalar, ko'chadagi harakatlar, hatto uy hayvonlarigacha havasingizni qo'zg'ab, qalbingizga bir olam zavq bag'ishlay boshlaydi. Qay ishga qo'l ursangiz, astoydil, chin ko'ngil bilan kirishing. Chin ko'ngildan bajarilgan ishning toti o'zgacha bo'ladi. Oilaviy hayotingizda garmoniya yetishmasligi ko'zga tashlanadi. Uni topishga harakat qiling. Yaqinlaringizni huda-behuda ranjitib qo'yishdan saqlaning.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

28 iyulda ruhiy holatingizni tartibga keltirib olishingiz tavsiya etiladi. Tabletkalar yordamida emas, balki barcha yomon xayollarni miyangizdan chiqarib tashlash orqali. Pulingiz kam bo'lsa, shuning orqasidan ham tashvish chekishni bas qilishingiz kerak. Tashvish chekkan bilan pul kelib qo'lingizga tushmaydi. Harakatda bo'lishingiz kerak. Juda bo'lmasa, puli borlarga qo'ng'iroq qilib yordam so'rang. Buning uyati yo'q. Hayotiy tajribasi ko'p odamlardan maslahatlar olsangiz ham ziyon qilmaydi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun sizning kuningiz. Nimaiki ishga qo'l ursangiz, albatta foydasini ko'rasiz. Hatto, sevimli xobbingizdan ham moddiy manfaat ko'rishingiz mumkin. Shaxsiy biznesingiz bo'lsa, raqobatchilardan sira qo'rqmang. Bugun ularning qo'li kalta. Moddiy ahvolingiz yaxshilanishi bilan bog'liq hujjatlar tuzishda xatoga yo'l qo'yishdan saqlaning. Bugun kimki safarga chiqsa, keyin afsuslanishi mumkin. Yaxshisi, bu safarni boshqa kunga qoldiring.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

28 iyul kuni ishda duch keladigan muammolarni o'z vaqtida tez bartaraf eta borish uchun sizga entuziazm zarur bo'ladi. Ish zerikarli bo'lsa sira achchiqlanmang. Pul keltiradigan bo'lsa bas. Muhabbatda yetakchi bo'lishga urinmang. Bu sizga foyda bermaydi. Bugun tinglovchi yoki ijrochi rolini bajaring. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, muolajalar haqida o'ylab ko'rish fursati yetdi. Harakatingizni qilishingiz tavsiya etiladi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun ajoyib kayfiyatda uyqudan uyg'onasiz. Atrofingizdagilar ham kayfiyatingizga qarab munosabat yurita boshlashadi. Qalbingiz tiyrak. Bu imkoniyatdan o'z manfaatingiz yo'lida unumli foydalanib qoling. Janjalli vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun emotsiyangizni doimiy tarzda nazoratda ushlang. Oila a'zolaringizga nisbatan o'zgacha mehr bilan munosabatda bo'lishingiz tavsiya qilinadi. Shunda ularni yanada yaqinroqdan taniy boshlaysiz.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

28 iyulda odamlarga, ayniqsa, qiynalganlarga yordam berish asosiy rejangiz bo'lib qolishi kerak. Ularning ishonchini qozoning. Tadbirkorlar uchun bugun hamkorlari bilan yangi va uzoq muddatli shartnoma imzolash muvaffaqiyatli kechadi. Biznesga katta pul tiksangiz ham tez orada foydasini ko'rasiz. Shunda ham ayrim ishlaringiz o'ngidan kelmasligi mumkin. Ammo ular sizga aytarli zarar yetkazmaydi. Oilasizlar ham muhabbatda bugun omadga erishishadi. Baxt sizga yor bo'lsin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun sayohatga otlanganlarning kuni tug'adi. Qaysi yo'nalishda bo'lmasin, sayohat sizga har jihatdan foyda keltiradi. Pul masalasida ham o'qotar burji ostida tug'ilganlarning omadi keladi. Kun davomida hisobingizga pul kelib tushishi kuzatiladi. Qarzi borlar ham aynan bugun qarzlarini qaytarishadi. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Ovqatlanishda rejimni buzmang.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

28 iyul kuni muvaffaqiyat cho'qqilariga juda osonlik bilan ko'tarila borasiz. Oila, jamiyatdagi obro'yingiz katta tezlikda ortib borishiga guvoh bo'lasiz. Katta pul keltiradigan ishlar ro'baro' kelsa, aslo bosh torta ko'rmang. Bu ishdan ayrilsangiz, bugun kun davomida pulsiz qolib ketasiz. Oila qurmaganlar tanlaganidan qaysidir sabab bilan ranjigan bo'lsa, u bilan ochiqchasiga gaplashib olishlari zarur. Bardam bo'ling!

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Bugun nikohdan o'tish, katta to'y qilish muvaffaqiyatli kechadi. Nihoyat oilasizlarning ayrimlari baxt taxtini egallashadi. Bu ittifoq, nikoh abadiy va juda omadli kechadi. Noqulay va yoqimsiz vaziyatlarga tushib qolsangiz, sira tashvish chekmang. Bu vaziyatdan ham osongina chiqib ketasiz. Ro'zg'or bilan bog'liq ishlarni ado etishda yaqin do'stlar albatta yordam qo'lini cho'zishadi. Shaxsiy hayotingiz va sirlaringizni notanishlarga aslo gullay ko'rmang.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

28 iyul baliq burjida tug'ilganlar uchun ham quvonchli, muvaffaqiyatli kechadi. Kun mobaynida safarga chiqishingiz, ommaviy tadbirlarda ishtirok etishingiz kutiladi. Shu orada sevimli insoningiz bilan qo'ng'iroqlashishingiz ham yoddan chiqmasin. Kechqurun qo'lingizga anchagina pul kelib tushadi. Ammo bu pullarning teng yarmi salomatligingizni mustahkamlashga ketadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading...