TELEFON ORQALI KO'P GAPLAShISh SEMIRIShGA OLIB KELADI…

0

 

Simon Bolivar universiteti olimlari olib borgan izlanishlar natijasida smartfonlardan uzoq vaqt to'xtovsiz foydalanish organizm uchun zarar ekani aniqlandi. Ya'ni, kuniga 5 soat va undan ko'proq vaqt smartfon orqali birovlar bilan gaplashuvchilar organizmida ortiqcha yog'lar yig'ilishi yuzaga keladi. Ular qisqa vaqt ichida semirib ketish xavfi ostida qolishadi. Xo'sh, nega? Bu qanday yuz beradi? Ma'lum bo'lishicha, talabalar smartfon orqali bir-biri bilan soatlab gaplashishni xush ko'rishadi. Gaplashganda ham tek o'tirishmaydi. Shirin ichimliklar, fast-fud, konfetlarni keragidan ko'p iste'mol qilishadi. Xuddi shular talaba tez orada semirib ketishini ta'minlaydi.