Qaynonaning zulmidan bezgan kelin o'zini Sirdaryoga tashladi…

0

 

Tojikistonning So'g'd viloyati Spitamen tumanida yashovchi Farangiz Rahmonova qaynonasining zulm va kamsitishlaridan to'yib, o'zini Sirdaryoga tashladi. Uni o'tkinchilar qutqarib qolishdi.

Ma'lum bo'lishicha, qaynona hisoblanmish Shoira Turdiyeva kelini Farangiz Rahmonovani birinchi kundan doimiy ravishda kamsitib kelgan, zulm o'tkazgan. Qaynonaning ta'nalari va haqoratlaridan charchagan kelin o'zini Sirdaryoga tashlab barchasidan qutulmoqchi bo'lgan.

Shoira Turdiyeva uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ammo keyinchalik hukm o'zgartirildi. Shoira Turdiyeva bir yillik shartli jazoga tortildi.

 

 

loading...