Bir guruh astronomlar xuddi yer kabi hayot qursa bo'ladigan sayyorani aniqlashdi…

0

 

U Yerdan 31 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan. Olimlar bu sayyoraga «GJ 357 d» deya nom berishdi. Bu sayyora zich atmosferaga ega. Demak, unda tirik organizmlar yashab ketish imkoniga ega bo'lishi ehtimoldan xoli emas.

Ekzosayyora M spektrli qizil mitti yulduzlardan biri atrofida harakatlanadi. Uning to'liq aylanib chiqishi 55, 7 kunga to'g'ri keladi.

Hozircha olimlarning bu topilmasi turli bahs-munozaralarga sabab bo'lgan. Lekin astronomlar ortga chekinmoqchi emas. Ular yangi sayyorada hayot qursa bo'ladigan yangi dalillarni albatta topishadi.