KEMADAGI DARVESh

0

Bir darvesh kemada sayr qilar edi. Yuki, hech narsasi bo'lmagani uchun xotirja'm bir chetga tiqilib olib uxlar edi. Bir kuni  kemada bir hamyon oltin yo'qoldi. Har tarafni izladilar, har kimni tekshirdilar ammo topolmadilar.Shundan so'ng kemadagilar bir chetda beozorgina uxlayotgan darveshni ko'rib qolib:
– «Mana shu faqirni ham bir tekshiraylikchi, balki u olgandir» dedilar. Pulini yo'qotgan odam, darveshni uyg'otib:
– «Kemada bir hamyon oltinim yo'qoldi. Har kimni tekshirdik, faqat sen qolding. Seni ham bir tekshirib qo'yaylik, ustingdagilarni yech!» dedi.
O'g'irlik bilan ayblanish darveshga qattiq ta'sir qildi. Robbisiga iltijo qilib:
-«Ey Robbim! Bu bechora qulingni o'g'irlikda ayblashmoqdalar. O'zing yordam ber!» dedi. Darveshning duosi tugar-tugamas, dengizning har tarafidan minglab baliqlar boshlarini chiqardilar. Har birining og'zida judayam qimmatbaho, bahosi yo'q durlar bor edi. Darvesh baliqlarning og'zidan bir qancha durlarni olib kemaning ichiga otdi. So'ngra kursi (stul) da o'tirgandek havoda o'tirdi. Kemadagilarga qarab:
– «Qani ketinglar. Mendek yo'qsil bir o'g'riga oralaringizda joy yo'q. Haq meniki bo'lsin. Menga Allohga yaqin bo'lib, sizlardan uzoq turmoq ma'qul. Chunki U, meni o'g'irlikda ayblamagani kabi, ipimni ham nomardning qo'liga topshirib qo'ymaydi » -, dedi. Kemadagilar darveshdan:
– «Ey ulug' zot!
Bunday yuksak martaba sizga nima uchun berilgan?» deb so'radilar. Darvesh avval kinoya aralash, ularning xatolarini anglatish uchun:
– «Bir faqirga tuhmat qilib, Haq taoloni ranjitmaganim uchun berilgan»-,  deb javob berdi.
– «Astag'firulloh!
Bir faqirni ayblab, unga tuhmat qilmaganimdan emas. Ma'naviy Sultonlarga ko'rsatgan hurmat va odobim sababidan berildi» -, dedi.

Ko'ngil sohibi bo'lganlar, kecha va kunduzning bir birlaridan uzoqlashgani va ayrilgani kabi dunyodan shunday uzoqdirlar.
Ko'ngil sohibi bo'lgan xos qullarni ayblamoq, podshohni o'g'irlikda ayblaganga o'xshaydi.

 

loading...