Qurilish ortidagi fitnalar fosh bo'ldi

0

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar Mirobod tuman bo'limi xodimlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarini huquqiy himoya qilish yuzasidan «Sara Mebellar» (firma nomi o'zgartirilgan) xususiy korxonasi rahbari R.G'aniyevaning murojaati o'rganildi.

Shunda Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti mansabdor shaxslari tomonidan ishbilarmonning huquqi buzilgani aniqlandi. Ma'lum bo'lishicha, institutga 360 dona yotoqxona mebellari sotib olish uchun tender tanlovi o'tkazilgan.

Tanlov vaqtida «Sara Mebellar» xususiy korxonasining ham tijorat taklifi bilan tanishilgan. Biroq korxona rahbari R.G'aniyevani xabardor qilmay tanlov bayonnomasi qalbakilashtirgan va korxona nomi «Mebel Optima» MChJ deb o'zgartirilib, tanlovda g'olib sifatida ko'rsatilgan. Jamiyat tomonidan bir dona yotoqxona jihozi (karavot)ning narxi 1,9 mln so'mda ko'rsatilgan. Aslida esa «Sara Mebellar» xususiy korxonasi tomonidan bir dona yotoqxona jihozi (karavot) ning narxi 915,0 ming so'm bo'lgan. Institut moddiy-javobgar shaxslari tomonidan sotib olingan 360 dona yotoqxona jihozi (karavotlar)ni jami 63,3 mln so'mga qimmat narxda sotib olgan. Natijada davlat byudjeti mablag'larini rastrata qilish yo'li bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Qonun talablarini pisand qilmaganlarga tegishli jazo choralari qo'llanildi.

Hasan YoQUBOV, 

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar Mirobod tuman bo'limi inspektori

 

loading...