Ana xolos! Saul Alvares chempionlik kamaridan mahrum etildi

0

Professional boksning o'rta vazn toifasi vakili meksikalik Saul «Kanelo» Alvares (52-1-2, 35 KO) IBF chempionlik kamaridan mahrum etildi.

Gap shundaki, Alvares 1 avgustga qadar mazkur kamar uchun da'vogar bo'lgan ukrainalik Sergey Derevyanchenko (12-1, 10 KO) bilan jang borasida kelishib olishi kerak edi. Biroq, tomonlar bo'lajak bellashuvning moliyaviy masalalari bo'yicha bir fikrga kela olmagan.

«Kanelo» esa hozircha o'zida WBA super hamda WBC kamarlarini o'zida saqlab turibdi.

Endi Alvaresdan olib qo'yilgan IBF kamari uchun Derevyanchenko qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga (39-1-1, 35 KO) qarshi jang o'tkazishi kutilmoqda.

Mazkur to'qnashuv tahminan oktyabr oylarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Agar tomonlar o'rtasida qandaydir kelishmovchilik bo'ladigan bo'lsa, u holda jang sanasi noyabrga ko'chirilishi mumkin.

loading...