Qarzi borning ishida unum bo'lmaydi…

0
Samarqand viloyati Payariq tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor “Yangiqo'rg'on paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatidan undiruvchi Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 1 milliard 377 million 460 ming so'm soliq qarzini undirish to'g'risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Oqdaryo tumani bo'limi ijro ish yurituviga kelib tushgan. 
Shu kunning o'zida ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor “Yangiqo'rg'on paxta tozalash zavodi” AJning bank hisob-raqamlarining chiqim qismiga band solingan.
Qarzdor “Yangiqo'rg'on paxta tozalash zavodi” AJga tegishli bo'lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so'rov xatlari yuborilgan.
Shuningdek, mazkur ijro hujjati ijrosini ta'minlash maqsadida davlat ijrochining dalolatnomasiga asosan qarzdorga tegishli bo'lgan, jamiyat hududida joylashgan 10 dona kompyuter va boshqa mol-mulklar xatlanib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 233-moddasi tushuntirilgan holda qarzdor “Yangiqo'rg'on paxta tozalash zavodi” AJning vakiliga topshirilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Yangiqo'rg'on paxta tozalash zavodi” AJdan undiruvchi Oqdaryo tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 1 milliard 377 million 460 ming so'm soliq qarzdorligi undirib berildi.
***
Kattaqo'rg'on tumanlararo iqtisodiy sudining sud hujjatiga asosan qarzdor “Ziyovuddin paxta tozalash” AJdan undiruvchi Paxtachi tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 3 milliard 569 million 694 ming so'm undirish to'g'risidagi ijro hujjati MIB bo'lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo'zg'atilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor “Ziyovuddin paxta tozalash” AJning hisob-raqamiga band solinib, mutasaddi idoralarga so'rov xatlari yuborilgan.
Qarzdorning “Ziyovuddin paxta tozalash” AJga tegishli bo'lgan hisob-raqamlari band solingach va pul mablag'larini xatlab vaqtincha saqlash ATB “Agrobank” tuman filiali rahbariyatiga O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari talablari tushuntirilgan holda vaqtincha saqlash uchun topshirilgan.
Hozirda qarzdor “Ziyovuddin paxta tozalash” AJning tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 3 milliard 569 million 694 ming so'm soliq qarzi undirildi.
***
Kattaqo'rg'on tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor Janubiy-g'arbiy elektr tarmoqlaridan undiruvchi Kattaqo'rg'on tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 2 milliard 209 million 450 ming so'm soliq qarzini undirish to'g'risidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi tuman bo'limi ijro ish yurituviga kelib tushgan.
Shu kunning o'zida ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor Janubiy-G'arbiy elektr tarmoqlariga tegishli bo'lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so'rov xatlari yuborilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Janubiy-g'arbiy elektr tarmoqlaridan undiruvchi Kattaqo'rg'on tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 2 milliard 209 million 450 ming so'm soliq qarzdorligi undirib berildi.
loading...