O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 3 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun hamkasblar qarshisida bo'lar-bo'lmasni gapiravermasligingiz talab etiladi. Ayniqsa, rahbariyat bilan bekitiqcha kelishuvingiz bo'lsa, tilingizni tiyishingiz kerak. Sevimli insoningiz sizga biroz yoqimsiz xabar yetkazishi mumkin. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga jo'nab ketishi kutiladi. Safarga jo'namaydiganlar toza havoda sayr qilishlari tavsiya etiladi.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

3 avgust kuni birinchi navbatda salomatligingiz haqida qayg'urishingiz zarur. Agar umumiy ahvolingiz ancha kundan beri ko'ngildagidek kechmayotgan bo'lsa, albatta vrach qabuliga boring. Shubhasiz, ovqatlanish rejimiga ham qat'iy amal qilishni boshlang. Parhez kuchli bo'lishi shart emas. Bo'tqa, kefir, qatiq va shu kabilar ishtirokida parhez tutsangiz kifoya qiladi. Moliyaviy masalada firibgar va o'g'rilardan ehtiyotingizni qiling.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun siz uchun asosiy narsa ish joyingizdagi martaba va obro'yingizga putur yetkazmaslik. Bu ish sizning qo'lingizdan keladi. Ish bajarayotgan lahzalaringizda hamkasblar bilan uzoq vaqt gap sotib qolishdan saqlaning. O'zingizga gap tegishi mumkin. Oilasiz va romantiklarni bugun omad kutib turadi. Oyga uchish uchun ham imkoniyatingiz bor. Hali juft tanlamagan bo'lsangiz, bugun sizga shu imkoniyat yaratiladi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

3 avgustda xudo ko'rsatmasin, chap yonboshingiz bilan turib qo'ysangiz, janjallar qurshovida qolishingiz hech gap emas. Murakkab vaziyatlarda qolsangiz, masalaga imkon doirasida xotirjam munosabatda bo'ling. Shunda qo'shimcha optimizmga ega bo'lasiz, xudoning inoyati bilan do'stlar yordamga shoshiladi. Allergiyadan bezovtalanayotgan bo'lsangiz, tibbiy ko'rikdan o'ting, kerakli tahlillarni topshiring. Oshqozoningizga yoqib tushmaydigan mahsulotlar iste'molidan tiyiling.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Birinchi navbatda o'z harakatingiz, qolaversa, yaqin insonlar yordamida har qanday ko'rinishdagi to'siqlarni yengib o'ta olasiz. Lekin harakatlarni alohida ishtiyoq va intilish bilan sodir eta boring. Kunning ikkinchi yarmida do'stlardan biri qalbingiz tubidagi yaralardan birini bardamalatishi mumkin. Ehtiyot bo'ling. Bundan keyin suyukli insoningiz bilan orangizdagi sirlarni do'stlarga umuman aytmang.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

3 avgust kuni o'zingizni g'alatiroq tuta boshlashingiz ko'zga tashlanadi. Bu ham yetmagandek, ishni o'zingiz xohlagan tezlik, ko'rinishda emas, talab qilinganidek bajarishingiz kerak bo'ladi. Ilojingiz qancha. Rahbarlar shuni xohlagandan keyin siz bajarasiz xolos. Yangi loyihalarni zamonaviy texnologiyaga asoslangan holda hayotga tadbiq eta bilsangiz, pulning tagida qolishingiz tayin. Surunkali xastalikka chalinganlar muolajalar va dorilarni o'z vaqtida ichish haqida unutib qo'ymasinlar.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Bugun xususiy mulk va meros masalasida umuman harakatlar sodir etmang. O'zingizga ortiqcha muammo orttirib olasiz. Agar ishingiz ko'payib ketmasa, bugun tushdan keyin tabiat qo'yniga chiqib dam olsangiz ham ziyon qilmasdi. Shaxsiy hayotingizga ham alohida e'tibor qarating. Qarindoshlar, yaqin insoningiz bilan munosabatlaringiz buzilmasligi uchun doimo qalbingiz amriga bo'ysungan holda ish tuting.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

3 avgustda yolg'onlar, chuv tushishlardan nihoyatda ehtiyot bo'ling. Kayfiyatingizni sun'iy tarzda bo'lsa-da, yaxshi holatda ushlashga harakat qiling. Mushkulotlar odamni toblaydi. Faqat moliyaviy muammolar emas. Ularni imkon boricha yo'q qilish payida bo'ling. Bugun pul masalasida ancha qiynalishingiz kutiladi. Shuning uchun bankdan kredit olsangiz, to'g'riroq bo'lardi. Oila qurmagan bo'lsangiz, bugun kun davomida bo'lg'usi taqdirdoshingizni uchratib, tanishishingiz ehtimoli bor.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Bugun yugur-yugurlar oyog'ingizdan olishi ehtimolga yaqin. Bunda o'zingizning ham aybingiz yo'q emas. Barcha og'irliklarni o'z zimmangizga olishga o'rganib qolgansiz. Yarim-yolchisini qarindoshlarga ham bering. Bugun zararli odatlardan voz kechish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun ba'zi oilalilarning xonadoniga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Ba'zi do'stlarimiz yangi mehmon kutishayotgandi. Bugun u ham sizning olamingizga qadam qo'yishi haqiqatga yaqin bo'lib turibdi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

3 avgust kuni sizni tanqid qilishdan tiyila olmaydiganlar, ishlashga xalal beruvchilarni joy-joyiga o'tqazib qo'ymasangiz bo'lmaydi. Moliyaviy muammolarni mustaqil hal qiling. Shunda do'st-dushmanning ko'zi tegib bezovta qilmaydi. Basharti o'zingizni yomon his eta boshlasangiz, hamma ishni tashlab bo'lsa-da, vrach ko'rigiga boring. Salomatlikni pulga sotib olib bo'lmaydi. O'zingizni ehtiyot qiling. Omad sizga yor bo'lsin!

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Bugungi kuningiz qanday o'tishi o'zingizga bog'liq. Agar hadeganda arzimas bahona bilan kayfiyatingizni buzavermasangiz, quvonchli lahzalar sizni ham chetlab o'tmaydi. Bundan tashqari, ish va shaxsiy hayot bilan bog'liq imkoniyatlarni qo'ldan boy berishingiz mumkin. Ro'zg'oringizda ham muammo degani qalashib ketgan. Ularni oila a'zolaringiz ishtirokidagina kamaytira olasiz.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

3 avgustda hamkasblar bajarishdan bosh tortgan ishlarga siz qo'l uring. Rahbarlarning ishonchsiz nazar bilan qarashiga e'tibor bermang. Albatta muvaffaqiyat qozonasiz va yuzingiz yorug' bo'ladi inshoolloh. Oilasizlar uchun uchrashuvlar, do'stlar bilan tog'larda dam olish xayrli o'tadi. Emotsiyani jilovda ushlang. Kechqurun anchadan beri ko'rishmasdan sog'ingan qarindoshingiz haqida yoqimli xabar eshitasiz.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi