Rossiyada haydovchi piyodani urib yuborib, keyin marhumning uzilib ketgan qo'lini o'g'irlab ketdi…

0

 

Rossiyaning Volgograd shahrida 21 yoshli ismi sir tutilgan haydovchi otasiga tegishli bo'lsa kerak, «Audi A5» avtomobilini haydovchilik guvohnomasisiz boshqargani yetmay, 38 yoshli piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchi o'sha joyning o'zida halok bo'ldi. Zarba kuchli chiqqani bois marhumning bir qo'li uzilib ketgan ekan. Haydovchi qo'lni ham paketga soldi-yu, mashina yukxonasiga berkitdi.

Ammo politsiyachilar avtohalokat sodir bo'lgan yerda avtomobilning yon ko'zguchasini topishdi. Shu narsa qotil haydovchini topishda yordam berdi.

Nega marhumning qo'lini berkitgani haqida so'rashganda, haydovchi azbaroyi qo'rqib ketganini bahona qildi.

Hozirgi paytda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Haydovchi kamida yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.