Suriya prezidentining rafiqasi saraton xastaligi ustidan g'alaba qozondi…

0

 

Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asad ko'krak saratonining boshlang'ich bosqichini boshdan kechirayotgandi. Agar xastalik bir yil oldin aniqlangan bo'lsa, shu yil yanvar oyida jarrohlik amaliyoti yordamida saraton shishi olib tashlandi.

— Men uchun sizlarning qo'llab-quvvatlashingiz juda muhim edi, — dedi Asma Asad. — Men barcha suriyaliklarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Har bir saraton bilan og'rigan bemorning tuzalib ketishini Ollohdan so'rab qolaman. Albatta, yurtimizga, Suriyamizga tinchlik, farovonlik tilayman.