Bunaqasi bo'lmagan! 14 nafar o'zbekistonlik bokschining barchasi yarim finalga chiqdi!

0

Quvaytda boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. O'zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqaga 14 nafar bokschini olib kelgandi va ularning barchasi yarim finalga chiqdi. Bu esa kamida ularda bronza medal bor degani.

-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov – Pavel Tokarev (Qozog'iston) 5:0

-37 kg: Hojiakbar Mahmudov – Salim Abbos (Iroq) 4:1

-40 kg: Farrux To'laganov – Baddur Muhammad Ali (Suriya) 4:1

-43 kg: Umidillo Rasulov – Bind Rupesh (Hindiston) 4:1

-46 kg: Boburbek Bobojonov – Nixil (Hindiston) 3:2

-49 kg: Lazizbek To'lqinov – Sherpa Vangdi (Nepal) (2-raundda raqibini nokaut qildi)

-52 kg: Dalerjon Bozorov – Ashish (Hindiston) 5:0

-55 kg: Jahongir Narziyev – Vadim Baurin (Qirg'iziston) 5:0

-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Aidos Matayev (Qozog'iston) 5:0

-61 kg: Mirzob Nekboyev – Abu Jihad Yaxyo (Iordaniya) (1-raundda raqibini nokautga uchratdi)

-64 kg: Shavkatjon Boltayev – Xavi Mahdi Raad (Iroq) (2-raundda raqibini nokaut qildi)

-67 kg: Shahboz Hamidullayev – Muhammad Dursunov (Qirg'iziston) 5:0

-70 kg: Aynazar Kenesbayev – Dulkumoni Abdallah (Iordaniya) 5:0

+70 kg: Husanboy Rihsiboyev – Muhammad Alsaidi (Quvayt) (Avtomatik g'alaba)