Toshkentda abiturientni oq ko'ylakda bo'lmagani bois oliy o'quv yurtiga kirish imtihoniga qo'yishmadi…

0

 

Abiturient Bekzod Abdulazizov Toshkent agrar universitetiga o'qishga kirishni orzu qilardi. 1 avgust kuni test sinovlarini topshirish uchun kelganda, egniga oq ko'ylak emas, futbolka kiyib kelgani uchun imtihon zaliga kiritishmadi. Vaholanki, mavjud qoidalarga ko'ra, abiturient imtihonga o'zi xohlagan kiyimda kelish huquqiga ega.

Hozircha mutasaddi tashkilotlar bu xususda fikr bildirganicha yo'q.

upl.uz