Diqqat! Qirg'iziston sobiq prezidenti Olmosbek Otamboyev rezidensiyasiga hujum uyushtirildi!.. (FOTO+VIDEO)

0

 

Qirg'izistonning Qo'y-Tosh qishlog'ida joylashgan mamlakat sobiq rahbari Olmosbek Otamboyevning rezidensiyasiga maxsus xizmat xodimlari hujum uyushtirdi. Otishmalar yuzaga keldi. Otamboyevning tarafdorlari qo'llarida tosh bilan rezidensiyani himoya qilishga kirishgan.

Otamboyevni qo'lga olish operatsiyasi boshlanganini uning shtabidagilar ham tasdiqlashgan.

Hujumlar natijasida 10 kishi og'ir yarador bo'ldi. Jurnalist ayol Aida Jumasheva ham jarohat olgani haqida ma'lumot tarqatilgan.

Hozir e'tiboringizga hujumning soatbay, daqiqabay tafsilotlarini havola etamiz.

20. 37. Otamboyevning shtabi rahbari G'iyos Smaliyev va Yuqori kengash sobiq deputati Mirbek Miskinboyevlar yaralandi.

20. 39. Yaradorlar rezidensiyadan olib chiqib ketila boshlandi. Maxsus xizmat tashkiloti xodimlari shovqinli granatalardan foydalana boshladi.

20. 46. Qo'y-Toshga beshta «Tez yordam» brigadasi jo'natildi.

20. 50. Otamboyevning rezidensiyasi atrofiga migalkali mashinalar qatorlashdi va qo'shimcha kuchlar tashlandi.

20. 59. «Aprel» telekanalida xabar qilishlaricha, Olmosbek Otamboyevni harbiylar noma'lum tomonga olib ketishibdi. Ammo bu xabarni hech kim tasdiqlagani yo'q.

21. 00. Yaralanganlar orasida huquqshunos Nurbek Qosimbekov ham borligi aytildi.

21: 07. Qo'y-Toshga olib boradigan yo'l yopib qo'yildi. Mamlakat maxsus xizmat tashkiloti xodimlarini Otamboyev tarafdorlari toshbo'ron qila boshladi.

21: 09. Ma'lum bo'ldiki, hozir Otamboyevning rafiqasi Raisa Otamboyeva Qo'y-Toshdamas, Issiqko'lda ekan.

21: 13. Qirg'iziston milliy xavfsizlik xizmati vakillari maxsus xizmat xodimlari jangovar qurolni ishga solmayotgani haqida ma'lumot tarqatdi.

21: 19. Irina Karamushkina aytdiki, rezidensiyani qo'riqlayotgan askarlarning qoni hozirgi prezident Sooronboy Jeenbekovni albatta tutib ketadi.

21: 24. Amaldagi prezident asabiylasha boshladi. Shu haqda prezidentning matbuot xizmatidagilar ma'lum qilishdi.

21: 32. Ikki kishi yaralandi. Ularni kasalxonaga olib ketishdi.

21. 33. Otamboyevning rezidensiyadagi tarafdorlari sobiq prezident qo'lga olingani haqidagi ma'lumotni inkor etdi. Ularning aytishicha, Otamboyev o'z uyi ichkarisida turgan holda himoyalanmoqda.

21. 38. Qo'y-Toshda chiroqni ommaviy tarzda o'chirib qo'yishdi va maxsus xizmat tashkiloti vakillari otishmalarni boshlashdi.

21. 40. Askarlar nafaqat devor osha, balki hovlida ham qurollardan o'q otishayotgani aytib o'tildi.

21. 49. Maxsus xizmat xodimlari rezidensiya ichkarisidagi Otamboyev tarafdorlari berkingan chodirga shovqinli granata uloqtirdi.

21. 55. Rezidensiya hududida askarlar avtomatlardan o't ochdi.

Keyingi yangiliklar bilan sizlarni yo'l-yo'lakay tanishtirib boramiz.