Muhammad Saloh katta xayriyaga qo'l urdi! (+foto)

0

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Misrning Qohira shahridagi saratonni davolash milliy institutining qayta ta'mirlash ishlariga 3 million dollar miqdoridagi mablag'ni xayriya qildi.

5 avgust kuni mazkur inshoot oldida portlash yuz berdi va oqibatda binoning asosiy qismiga shikast yetdi. Shuningdek, 20 kishi halok bo'lgani va 40 dan ortiq insonning turli xildagi jarohatlar olgani ma'lum qilingan.

Avvalroq, Saloh yangi mavsum oldidan Umra ziyoratini amalga oshirgani haqida xabar bergandik.

loading...