Qirg'izistondagi vaziyat O'zbekistonga ham o'z ta'sirini o'tkazadimi?

0

O'zbekiston chegara xizmati Qirg'iziston bilan chegaradagi vaziyatni nazorat qilmoqda va qo'shni davlatdagi hamkasblar bilan tezkor axborot almashib turibdi. Bu haqda DXX Chegara xizmati vakili ma'lum qilgan. Bu haqida “Daryo” nashri xabar bermoqda.

“Hozirda chegarani qo'riqlashni belgilangan tartibda, qo'shimcha kuch va vositalarni jalb etmay ushlab turish sxemasi amalda bo'lib turibdi”, — dedi xizmat vakili.

Uning aytishicha, chegaradan tashqari hududlarda ro'y beradigan favqulodda vaziyatlarda bunday choralar chegara postlarida texnik aloqalar va axborot yig'ish kuchaytirilishi bilan bog'liq.

Ma'lumot uchun, ayni paytda Qirg'iziston xavfsizlik kengashining shoshilinch majlisi bo'lib o'tmoqda.