TATU OTMlar reytingi va halqaro reytinglarda qanday o'rinlarni egallagan?

0

1. Milliy reyting tizimida 4 – o'rin
2. Halqaro reyting tizimi – uniRank’da 1-o'rin
3. Webometrics halqaro reyting tizimida 2-o'rin

Indikatorlar nimalardan iborat?

Birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlangan reytingga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 57 ta oliy ta'lim muassasalari reytingida yeng yuqori o'rinlardan birini-4 o'rinni egalladi(Oldingi reyting natijalariga nisbatan 6 pog'ona yuqoriladi). Milliy reyting o'tgan yili ham bu yil ham QS va THE (Times Higher Education) kabi agentliklar mutaxassislari bilan birgalikda muhokama qilingan metodika orqali ishlab chiqilgan.

Ho'sh, reytingni aniqlashda qanday indikatorlarga-talablarga asoslanilgan? Bunday indikatorlar quyidagilar:
– OTMdagi Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega PO'lar ulushi;
– OTMdagi Fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega PO'lar ulushi;
– OTMdagi xalqaro jurnallar-dagi ilmiy maqolalar soni;
– OTMdagi xalqaro ko'rsatkichlar ma'lumotlariga ko'ra professor-o'qituvchilarning ilmiy maqolalariga iqtiboslar ketlirish soni;
– OTMdagi xorijiy talabalar soni;
– OTMdagi talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati;
Umuman olganda Inspeksiya 18 ta indikator, 32ta raqamli baholash ko'rsatkichilari asosida reytingni tuzadi.

Ikkinchidan, Oliy ta'lim muassasalari bo'yicha yetakchi xalqaro axborot va qidiruv tizimi – uniRank reytingida esa ayni damda TATU 1-o'rinni egallab turibdi.

uniRank O'zbekistondagi OTMlarning davlat organlari tomonidan:
– litsenziyalash va / yoki akkreditatsiyalash;
– kamida to'rt yillik bakalavr va / yoki boshqa ta'lim darajalarini (magistratura va doktorantura) ta'minlash vakolati;
– ta'limni asosan an'anaviy shaklda o'qish joyida o'tkazilishini ta'minlash kabi me'zonlarga asoslanib tuzilgan.

Hulosa qilib aytganda, bugungi kunda OTMlarimizda yetarlicha kamchiliklar bor. Ammo kamchilik bor deb tanqid qilib o'tirishdan ham hech qanday naf yo'q. Shuning uchun doimiy rivojlanish strategiyasiga asoslanib oldinga intilish va ta'lim tizimini nafaqat milliy reytingda, balki insonlar ongi, bilim darajasi reytinglarida ham oshirib boraverishimiz darkor. Har bir OTM o'zining ilmiy salohiyatini oshirib boraversa, yetuk va kreativ mutaxassislar yetishib chiqaveradi hamda respublikamiz rivojlnishiga o'zining katta hissasini qo'shaveradi.

TATU matbuot xizmati