O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 9 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

9 avgust kuni birinchi navbatda moliyaviy muammolarni bartaraf eting. Toki yaqin orada mehnat ta'tiliga chiqqach, puldan qiynalib yurmaydigan bo'ling. Ishga ijodiy yondashishni shior qilib olsangiz ham ziyon ko'rmaysiz. Qarindoshlar bilan munosabatlarda masofa saqlashni unutmang. Aks holda orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Oilasiz bo'lsangiz, kun davomida internet orqali yangi tanishuvni boshdan kechirasiz. Omad sizga yor bo'lsin!

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Kuningiz ham qiziqarli, ham kuchli bosimlar ostida kechishi kutilmoqda. Ish ko'p, bosh qashishga vaqt topa olmaysiz. Miya va qo'llar baravar ishlaydi. Ammo bundan hech kim hali zarar topmagan. Faollikda mehnat qilish odamni charxlaydi. Yolg'izlarga bugun omad kulib boqadi. Ko'chaga chiqib do'stlar bilan qo'ng'iroqlashasiz-u, yangi tanishuvga o'xshash romantik lahzalarga ro'baro' bo'lasiz. Bu voqea kafe yoki kinoteatrda sodir bo'lishi ehtimolga yaqin.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

9 avgustda zimmangizda o'ta mas'uliyatli vazifa turadi. Siz keng omma e'tiboriga ishingiz bilan bog'liq iste'dodingizni namoyish etasiz. Qaysi kasb egasi bo'lishingizdan qat'i nazar bu harakatlaringiz muvaffaqiyatli yakun topadi. Shaxsiy hayotda tabiatingizga xos tortinchoqlikdan voz kecha bilishingiz talab etiladi. Yo'qsa, oilasizlar umrining oxirigacha idealidagi odamni topa olmay halak bo'lishlari mumkin.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun ishlaringiz juda ko'p. Ammo salomatligingiz pand berish ehtimoli bor. Ish moddiy jihatdan juda foydali bo'lsa ham salomatligingizni xavf ostiga qo'ymasligingiz tavsiya etiladi. Aks holda kasalxonaga tushasiz va ishlab topgan pullaringizning hammasi davolanishga sarflanadi. Xudo ko'rsatmasin. Oilasizlar yangi tanishgan insoni bilan munosabatlarni bugun yanada mustahkamlab olish imkoniga ega bo'lishadi. Faqat unga atab kichkinagina syurpriz hozirlab qo'ying. Pulni ayamang.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

9 avgust kuni ish ishqida kuyib-yonishingiz kutiladi. Na iloj, agar dam olishni mehnatga almashtirgan bo'lsangiz, omadingizni bersin. Faqat ishni deb yaqin insonlarga e'tibor qaratishni unutib qo'ymang. Keyin tatimaydi. Shaxsiy hayotda oilalilar jufti bilan munosabatlarni yanada yaxshilash masalasida jiddiy to'siqlarga duch kelishi mumkin. Romantikka aylaning. O'zingizni majburlab bo'lsa-da, romantikaga oshno tutining. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugun ko'plab uchrashuvlar, suhbatlar va takliflarni boshdan o'tkazasiz. Jiddiy qarorlar qabul qilishda tavakkalchilikka suyanishingiz kerak bo'ladi. Bundan bo'lak imkoningiz ham yo'q. Shaxsiy avtomobilingiz bo'lsa, yugur-yugurlarni o'z texnika vositangiz yordamida bartaraf eting. Kaloriyaga o'ta boy, yog'li, sho'r taomlarni iste'mol qilishingiz tavsiya etilmaydi. Olisdagi qarindoshlardan biri haqida kechqurun yoqimsiz xabar eshitishingiz ehtimoli bor.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

9 avgustda ruhiy holatingizni tartibga keltirib olish uchun yolg'iz qolishingizga to'g'ri keladi. Telefon orqali birovlar bilan ham gaplashmaslikka harakat qiling. Sukut saqlang. Agar tadbirkorlar xorijga safar uyushtirishsa, bilsinlarki, albatta safar muvaffaqiyatli kechadi. Bugun puldan sira xavotir olmasangiz bo'ladi. Chunki nimaiki xarid qilishni xohlasangiz, pulingiz yetarli miqdorda bo'ladi. Agar shamollash alomatlari sezilsa, darhol vrachga murojaat qiling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun ko'pchilikni rashk balosi chirmab olishi mumkin. Siz sevgan insonning boshqalar bilan muloqot qilishi rashkingizni qo'zg'ayveradi. Alam qalbingizni kemira boshlaydi. Ammo bu darajada rashkchi bo'lish ham yaxshilikka olib kelmasligi mumkin. Nima bilandir chalg'ishga harakat qiling. Ishda avval boshlagan loyihalaringiz yakuniy bosqichga yetadi. Biroq darrov ularning ijrosi uchun pul olishga shoshilmang. Pulni oradan qisqa vaqt o'tgach, albatta olasiz.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

9 avgust kuni o'qotar burji ostida tug'ilganlarning aksariyati tashqarida ishqiy sarguzashtlar tashkil etish ishtiyoqida yelib-yuguradi. Lekin oilali bo'lsangiz, juda ehtiyot bo'ling. Xudo ko'rsatmasin, qo'lga tushsangiz, boshingiz egilishi holva bo'lib qoladi. Shaxsiy biznesiga ega do'stlarimiz kun bo'yi raqobatchilarga qarshi kurashib vaqt o'tkazadi. Faqat raqobat haqoratlarga ulanishiga yo'l qo'ymang.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun siz asosiy ishlarni chetga surib qo'yishingiz mumkin. Do'stlaringiz tabiat qo'ynida dam olish uchun taklif qilishsa, o'sha yoqqa jo'nab qolishingiz kutilmoqda. Albatta, muhim ishlar bo'lmasa, dam olish ham teshib chiqmaydi. O'zgalarning taqdiriga, muammolariga aralashmaslikka harakat qiling. O'zingizga ortiqcha tashvish orttirib olishingiz hech gap emas. Ovqatni keragidan ko'p yemang, salomatligingiz pand berishi mumkin.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

9 avgustda zerikish va o'zingizni yolg'iz his etishga bahona yo'q. Vujudingizda kuch ko'p, suyukligingizning sevimlisisiz. Moliyaviy masalada o'ta muhim qarorni qabul qilishingizga to'g'ri keladi. Kimlardandir qarzingiz bo'lsa, kunning ikkinchi yarmida ular qarzini talab qila boshlaydi. Do'stlar bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Aks holda jahl va nafratning asiriga aylanib qolasiz. Olloh sizni o'z panohida asrasin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Baliq burji ostida tug'ilganlarga yomonliklar rahna solmaydi. Ne ishga qo'l ursangiz, qalbingizgagina quloq tuting. Yaqinlaringiz kun davomida yoqimli emotsiyalarni hadya etishadi. Olisda yashaydigan qarindoshlardan yoqimli xabar eshitasiz. Kechqurun ayrimlar qo'shni shaharga safar qilishi mumkin. Tanani va yuzni tozalashga mo'ljallangan kosmetika vositalari sizga faqat foyda beradi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

 

loading...