O'zbekistonda ko'p xotinlilik odatiy holga aylanib bormoqda…

10

 

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, birgina Samarqand viloyatining o'zida besh mingdan ko'proq erkakning ikkitadan xotini bor. Bu yerda uchta, to'rtta xotinlililar tushirib qoldirilgan. Aks holda ko'p xotinlilar soni yanada ko'pchilikni tashkil etardi.

Hukumatimiz rahbarlari esa ko'p xotinlilikka qarshi kurashni davom ettirmoqda. Masalan, mahalliy mullalarga ikkinchi xotinga uylanish niyatida kelgan erkak va yonidagi o'sha ayolga sha'riy nikoh o'qimaslik haqida ko'rsatma berilgan. Sha'riy nikoh o'qishga faqat rasman zagsdan o'tganligi haqida guvohnoma bo'lsagina ruxsat beriladi.

Respublikadagi ayollar bilan ishlovchi tashkilotlar mutasaddilari ham ko'p xotinlilikni qoralaydi. Negaki, bu narsa oilalarni buzadi, bolalar yetim qoladi, turli janjallar, xunrezliklarga sabab bo'ladi. Ishqilib, erkaklarga ham, ikkinchi yo uchinchi, to'rtinchi xotin bo'lishga tayyor ayollarga ham xudoning o'zi insof ato etsin! Omin! Ollohu Akbar!!!

 

 

10 FIKRLAR

  1. Eri yo'q yosh juvonlar nima qilishi kerak, men erga tegaman deb jar solmaydiku. Allohning adolatini joriy qilish kerak xolos. Oilalarni buzadi degan fikr noto'g'ri. Aksincha, zinoning oldi olinadi.

      • Jurnalist inson tahlillar, faktlar bilan maqola beradi. Sizning maqolangizda faqat Samarqandda 5000 ta erkakning 2 ta xotini brligi aytilgan, nima bo'libdi, degan tabiiy savol tug'iladi. Haqiqiy jurnalist statistika keltiradi, masalan, 1 ta xotini bor oilalar bilan 2 xotini bor oilalardagi tushunmovchiliklar, urush-janjallar soni, bolalarning yetim qolgani haqida ma'lumotlar keltiradi. Balki o'sha 2 ta xotinli oilalarda hayot yaxshidir, siz buni o'rganib ko'rmagansizku. Yoki qo'lingizda statistika bormi? Oxirgi vaqtda ovoza bo'layotgan jinoyatlarning olib ko'raylik, qanday oilalarda ko'proq jinoyatlar sodir bo'lyapti? 1 taliklardami yo 2 taliklarda? Yoxud yetim bo'lib qolayotgan bolalar, bunda ko'proq erkaklar ajrashib rasman boshqasiga uylanyapti va bolalari yetim bo'lib qolyapti, bu ham fakt, yo rasman ajrashgan bo'lsa yetim bo'lsa bo'laversinmi?

      • Agar saviyasi past bo'lmaganda Allox halol kilgan narsaga «Negaki, bu narsa oilalarni buzadi, bolalar yetim qoladi, turli janjallar, xunrezliklarga sabab bo'ladi» deb yozmasdi. Alloxning hukmi xech qachon bu narsalarga olib kelmaydi. Bu yerda inson omili bor halos. Alloxning o'zi ruxsat bergan, faqat adolat qilish kerak, aks holda qiyomatda savol – javobi qattiq bo'ladi. Statistika bo'yicha qizlar o'g'il bolalarga qaraganda ko'proq tugiladi. Agar bir erkakka bir ayol nikoxi bilan cheklansa, qolgan ayollarga nisbatan zulm qilingan bo'lib chiqadi. Manga javob etirozi yozuvchilar diqqatiga, avval yaqin orada joylashgan masjidga borib imomdan yaxshilab bilib olila, o'zila uchun ham, o'ylimanki to'g'ri fikrga kelasla.

  2. Koʻp xotinlikda yomonlik yoʻq deb oʻylayman, chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hech qachon ummatga yomonlikni oʻrgatmaganlar.

  3. Avval bittani uddalashsin. O’zingni boqish masala bo’lib borayapti. 5000 erkak zags i bo’lmasa, nikoh o’qitgani yo’l berishmasa qanday yashayapti ekan.

  4. Jurnalist digan biron masalaga yondashganda chuqurroq yondoshsade. O'zini o'zligini, tarixini bilish kere kamida. O'zini fikrini tomdan tarasha tushgande yozmasdan.

Comments are closed.