O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 10 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

 

10 avgust kuni ishga jon-jahdingiz bilan kirishmasangiz, maqsadga yetishingiz qiyin bo'lib qoladi. Muhabbatda esa oilalimisiz, oilasizmisiz, avvalo o'zingizga ishonch hissini kuchaytirishingiz kerak. Ana undan keyin juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizga talab qo'ysangiz yarashadi. Moliyaviy masalada taqdirning o'zi sizga kutilmagan sovg'alarni hadya etadi inshoolloh. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Professional kasbingiz bilan bog'liq ish doirasida yanada o'sishingiz uchun imkoniyatlar tug'iladi. Lekin vaziyatni o'zingizga bo'ysundirishga, uni tezlatishga urinmang. Moliyaviy sohada ham omadingiz keladi, faqat to'liq emas. Boshqacharoq aytganda, ellikka ellik kelishi mumkin. Asosiysi, rahbarlar mukofot puli va'da qilgan bo'lsa, bugun o'sha pullarni albatta olasiz. Shaxsiy hayotda o'ta bardoshlilik talab etiladi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

10 avgustda ruhiy balans qaysidir tarafga og'ib ketmasligi uchun odamlar bilan muloqotda muloyim bo'ling. Hech kimga qarshi harakatlar sodir etmang. Sizni mabodo adolatsizlarcha ranjitishsa, xudoga soling-u qo'ying. Moddiy ahvolingizni yaxshilashda do'stlardan biri yordam berishi kutilmoqda. Qarindoshlardan qaysidir biri bilan aytishib qolishingiz ehtimoli bor. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun barcha bajariladigan ishlaringiz vaziyat bilan bog'liq bo'ladi. Agar ayrimlarida unum ko'zga tashlanmasa, o'zingizni koyimang. Hamkasblar bilan imkon doirasida bahslashmang, bu katta janjalga aylanib ketishi mumkin. Muhabbatda ko'nglingizni ko'taruvchi holatlar ko'p bo'ladi. Ayniqsa, yolg'iz bo'lsangiz, xudoning o'zi sizning yo'lingizni ochadi. Kim bilandir uchrashib yurgan bo'lsangiz, uni mahkam tuting. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

10 avgust siz uchun yengil kechmasligi mumkin. Kimlarningdir qarshisida haqligingizni, professionalligingizni isbotlashingizga to'g'ri keladi. Imkon topsangiz, kun davomida quyuq ziyofatlardan yuz buring. Ular sizga ko'ngilsizlik hadya etadi. Undan ko'ra yolg'iz qolib kelajak rejalaringizni puxtalaganingiz ma'qul. Barchaga nisbatan samimiy munosabat shioringizga aylanishi lozim. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugun hayrat qozoningiz ochilib, ko'zingizga ko'ringan yangilikdan hayratga tusha boshlaysiz. Bu holat ham sizga pozitivlik tortiq etadi, ishonavering. Kimlardir sizni g'iybat qilayotganidan xabar topsangiz, bu masalaga faylasuflarcha munosabatda bo'lishingiz tavsiya etiladi. G'iybat qilayotganning kimligidan xabar topsangiz, uning oldida o'zingizni shu qadar xotirjam tutingki, ich-etini kemiribgina qolsin. Yaqinlaringizni turli ko'ngilsizliklardan asrang. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

10 avgust kuni ko'plab og'ir vaziyatlarni boshdan kechirishingizga to'g'ri kelishi mumkin. Ammo kim bilandir janjal boshlashdan oldin ming martalab o'ylab ko'ring. Shu sizga kerakmi? Muhabbatda tuyg'ularingizni oshkor qilishdan sira uyalmang. Kechqurun moddiy ahvolingiz yaxshilanishi kutilmoqda. Xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi va syurprizlarni qabul qilib olishingiz mumkin. Safarga chiqishga to'g'ri kelsa, shoshilmang. Bu safarni boshqa kunga qoldiring. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugun chayon burjida tavallud topganlarning ko'pi xayriya ishlari bilan band bo'lishi ehtimolga yaqin. O'z vijdoningizga qarshi bora ko'rmang. Suv ilgari qanday oqqan bo'lsa, oqaversin. Sizga uning issiq-sovug'i yo'q. Ish joyingizda jamoaviy ishlarni amalga oshirishga to'g'ri kelsa, faollikni aslo susaytirmang. Ro'zg'oringizdagi muammolarni birinchi navbatda bartaraf eting. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

10 avgustda ajoyib, boobro' bir inson sizni hamkasblaringiz qarshisida yana bir pog'ona yuqorilatib qo'yishi mumkin. Uning maqtovlari xuddi shunday yoqimli lahzalarni hadya etadi. Shaxsiy hayotda saxovatli bo'ling. Yaqinlaringizdan joningizni ham ayamang. Juftingiz bilan kun davomida jiqillashib qolishingiz ehtimoli bor. Emotsiyani jilovda ushlang. Ishdan keyin kechqurun tabiat qo'ynida dam olib qaytish xayrli kechadi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Istaklaringizni amalga oshirish yo'lida kamtarlik qilmang. Ular real. Agar kimdir ularni haqiqatga aylantirishda yordam qo'lini cho'zmoqchi bo'lsa, bosh tortmang. Buni taqdirning in'omi deb biling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda masalaga ilmiy jihatdan yondashing. Kalkulyatorga suyanib qolmang. Ana shunda xatoliklarga yo'l qo'ymaysiz. Kechqurun ham orzularga yetishish yo'lida astoydil harakat qilishingiz kerak bo'ladi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

10 avgust kuni jismoniy va ruhiy jihatdan juda baquvvat bo'lishingiz kutilmoqda. Siz uchun barcha eshiklar ochiq. Ammo shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymang. Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlarga yaqindan yordam berishingiz kerak bo'ladi. Bugun surunkali xastaliklarga qarshi muolajalar boshlash muvaffaqiyatli kechadi. Avvalo zarur tahlillarni topshirishingiz lozim bo'ladi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Bugun rahbarlaringiz tarafidan sizga moddiy yordam ko'rsatiladi. Siz shunchaki ishora qilgandingiz. Demak, ishorangiz ish berarkan. Shaxsiy hayotda bo'shashishni xayolingizga ham keltirmang. Juftingiz injiqliklarini boshlashi mumkin. Bardoshli bo'lishingizga to'g'ri keladi. Kechqurun toza havoda uzoq vaqt sayr qilib yurish organizm uchun foydali ekanini unutmang. Olloh sizga yor bo'lsin!

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

 

 

loading...