Hindistonda kuchli shamol va loy ko'chishi oqibatida 35 kishi halok bo'ldi…

0

 

Hindiston janubida joylashgan Kerala shtatida kuchli garmsel hamda loy ko'chishlari 35 kishining umriga zomin bo'ldi. Bundan tashqari, 30 ga yaqin odam jarohat olgan, yetti kishi bedarak yo'qolgan. 22 ming nafar aholi vakillari xavfsiz joylarga ko'chirilgan. Taxminlarga ko'ra, 40 kishi vayronalar ostida qolib ketgan bo'lishi mumkin.

Falokat sababli aeroportlar faoliyati yakshanba kechki soat 15:00 ga qadar to'xtatib qo'yildi. Kuchli yomg'ir poezdlar harakatini to'xtatishga majbur etdi.

Iyun oyi oxirida Hindistonning g'arbiy hududlarida kuchli shamol sel bilan birga kelishi natijasida ko'plab aholi yashash punktlari suv ostida qolib ketgandi.

 

loading...