Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning advokati Gaaga sudiga murojaat etmoqchi…

0

 

Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning advokati Sergey Slesarev Qirg'izistonning o'zida mijozi uchun adolat nuri topilmasligiga aqli yetgach, xalqaro tashkilotlarga Atambayevni turmadan ozod qilishda yordam so'rab murojaat etishni ko'ngliga tugibdi. Slesarevning gapiga ko'ra, Atambayev o'ziga qo'yilgan barcha ayblovlarni qat'iyan rad etmoqda. Shuning uchun tergovga yordam berish tugul, biror hujjatga imzo qo'yishni ham istayotgani yo'q. U amaldagi hukumat rahbarlari Konstitutsiya talablariga zid ish tutayotganini bayon etgan.

— Men Qirg'iziston militsiyasi, xavfsizlik va maxsus xizmat tashkiloti tarafidan fuqarolarga qay darajada bosim o'tkazilgani, shafqatsizlarcha munosabat yuritilganini o'z ko'zim bilan ko'rdim, — dedi Slesarev. — Shu sababli yordamni chet ellardan izlashga qaror qildim.

 

 

loading...