Sud Qirg'iziston sobiq rahbari Atambayevga tegishli telekanal jihozlarini hibsga oldi…

0

 

Kuni kecha Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga tegishli «Aprel» telekanali jihozlari va hisob raqami hibsga olinishi haqida sud o'z hukmini e'lon qildi. Shu jumladan, Atambayevga aloqador boshqa telekanallar faoliyati ham to'xtatib qo'yildi. Bundan tashqari, 7 avgustda qo'lga olingan Atambayev tarafdorlari tergovga tortilgan. Ularning ikki nafari SIZO ga joylashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, Qirg'izistondagi sotsial-demokratlar partiyasi yetakchisi Almazbek Atambayev navbatdagi prezidentlik saylovlari natijalariga ko'ra hamkasbi, yaqin do'sti Sooronbay Jeenbekovga o'z o'rnini 2017 yili bo'shatib bergan. Lekin shundan so'ng Atambayev va uning jamoasini ta'qib ostiga olishdi, ularga qarshi jinoiy ish qo'zg'atishdi. Atambayevning o'zini sobiq prezident va dahlsizlik statusidan mahrum etishdi.

 

 

loading...