Eldor Shomurodov navbatdagi uchrashuvda gol urib, «Rostov»ga g'alaba olib keldi! (+video)

1
Rossiya chempionatining 5-turida «Rostov» o'z uyida «Krilya Sovetov»ni minimal hisobda (1:0) taslim etdi.

Bahsda yagona golni rostovliklar forvardi Eldor Shomurodov urdi. Shu tariqa, Eldor musobaqa doirasidagi ketma-ket uchinchi o'yinda gol kiritdi. Golli seriya «Arsenal» (3:2), «Ural» (2:2) o'yinidan beri davom etib kelmoqda.

Umuman, uning hisobida beshta o'yindan so'ng 4ta gol bor. Shuningdek, 24 yoshli forvard 1ta golli uzatmaga ham ega. To'purarlar jadvalida esa u peshqadamlar Artem Dzyuba («Zenit») hamda samaraliklar a'zosi Aleksander Sobolevga yetib oldi.

«Rostov» – «Krilya Sovetov» 1:0 (1:0, 0:0)

«Rostov-Arena»

Gol: 1:0 – 33 Shomurodov.

«Rostov» – Pesyakov, Kozlov, Chistyakov, Sigurdsson, Chernov (Dolgov, 90), Yeremenko, Ionov (Glebov, 73), Bayramyan (Zuyev, 55), Popov, Normann, Shomurodov.

«Krilya Sovetov» – Rыjikov, Karpov, Chernov, Anyukov (Zinkovskiy, 70), Kombarov, Gaskan, Timofeev, Kabutov, Gыnsar (Radonich, 73), Kanunnikov, Sobolev (Golenkov, 87).

Ogohlantirishlar: Chistyakov (63), Kozlov (64), Pesyakov (88).

Shomurodovning goli

1 TA FIKR

Comments are closed.