ALMAZBEK ATAMBAYEVGA RASMAN AYBLOVLAR E'LON QILINDI…

0

 

Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ko'plab jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Shu haqda mamlakat bosh prokuraturasi vakili Zamir Beyshekeev xabar tarqatgan.

Vakilning aytishiga ko'ra, Atambayev huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlariga bosim o'tkazish, ommaviy tartibsizliklar tashkil etish, qotillik, birovlar hayotiga suiqasd qilish, garovga olish, noqonuniy tarzda qurol va o'q-dori saqlashda ayblanmoqda.

Respublika milliy xavfsizlik xizmati rahbari Orozbek Opumbayev esa sobiq prezidentni davlat to'ntarishi sodir etishga uringanlikda aybladi. U aytdiki, go'yo Atambayev ayollar, bolalar va qariyalarni yig'ib, barchalariga uni qo'llab-quvvatlashlari uchun 1000 somdan pul bergan. Mudofaa uchun tosh yig'dirgan, yo'llarni yopib qo'ygan va militsiya xodimlarini o'qqa tutgan.

— Uning uchun qon to'kilishi shart edi, — dedi Opumbayev. — Shuning yordamida sobiq prezident davlat to'ntarishi sodir etmoqchi bo'lgan.

 

loading...