Andijondagi bolalar bog'chasida tarbiyalanuvchi bolani tok urdi…

0

 

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi №10- bolalar bog'chasida baxtsiz tasodif sodir bo'ldi. 5 yashar Hasanboy ismli tarbiyalanuvchi rozetkaga tegingan, tarbiyachilar nazoratni unutib qo'ygan bo'lsalar kerakki, bolani tok urdi. Bu fojia 12 avgust ertalab taxminan soat 10: 30 da sodir bo'ldi. Xayriyat, bola tirik qoldi. Uni tuman markaziy kasalxonasiga yotqizishdi. Hozirgi paytda mahalliy prokuratura ushbu fakt yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

 

loading...