AQSh hukumati Green Card olish qoidalarini qiyinlashtirdi

0

Oq uy davlat ijtimoiy imtiyozlaridan foydalanadigan muhojirlarga mamlakatda doimiy yashash huquqini beruvchi (Green Card) imkoniyatlarni cheklashga mo'ljallangan farmoyishni e'lon qildi.

Endilikda hukumat AQShda yashash huquqini berish to'g'risida qaror qabul qilishdan oldin insonning «jamiyat uchun og'ir yuk»ga aylanishi ehtimolini aniqlashga harakat qiladi.

«Qaror Amerikaning eski mustaqillik tamoyillariga asoslangan. Bu ‘amerikacha orzu’ning asosiy prinsipi», — deydi AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati direktori Ken Kuchchinelli.

AQSh prezidentining immigratsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yordamchisi Stiven Miller tomonidan taklif etilgan yangilik oktyabrdan kuchga kiradi. Undan so'nggi uch yil ichida 12 oydan ortiq ijtimoiy yordamlardan foydalangan muhojirlar o'rin oladi.

Yangi qoidaga ko'ra, fuqarolik vizasini olish uchun yozilgan arizalar muhojirning daromadi pastligi yoki davlat tomonidan yordam (ijtimoiy ta'minot, oziq-ovqat talonlari yoki bepul tibbiy sug'urta) olgani sabab bekor qilinishi mumkin.

Daryo.uz

loading...