Atamboyevga yangi ayblovlar qo'yildi

0

Qirg'iziston Bosh prokuratuarsi sobiq Prezident Almazbek Atamboyevga nisbatan qotillik va boshqa og'ir jinoyatlarda ayblov e'lon qildi. Bu haqda Bosh prokuratura vakili Zamir Beyshekeev ma'lum qildi, deb yozadi Qalampir nashri.

Aniqlik kiritilishicha, Atamboyev qotillikdan tashqari, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, garovga olish va hokimiyat vakillariga nisbatan kuch ishlatishda ayblanyapti. Sobiq davlat rahbari butun umrga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

loading...