Jalolov, Abduraimov, Abdurasulov va yana 7 nafar o'zbekistonlik bokschi Chechenistondagi xalqaro musobaqada ishtirok etishadi

0

19-23 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Grozniy shahrida boks bo'yicha Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag'ishlangan XI xalqaro turnir tashkil etiladi. Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishadi.

Terma jamoa bahslarda quyidagi tarkibda qatnashadi:

-52 kg: Foziljon Abdumurodov

-60 kg: Shunqor Abdurasulov

-64 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Jahongir Rahmonov

-75 kg: Mahmud Gaipov

-75 kg: Bahrom Fozilov

-81 kg: Kozimbek Mardonov

-91 kg: Madiyar Saidrahimov

+91 kg: Bahodir Jalolov

+91 kg: Obidjon Tohirov

Murabbiylar: To'lqin Qilichev, Ilyos Rahimjonov, Asqar Sultonov.

O'zbekistonlik Bekjon Yusupov turnirda hakam sifatida faoliyat olib boradi.

loading...