Kambodjida kampir qiyofasidagi 10 yashar qizcha yashaydi…

0

 

Aytishlaricha, 10 yoshli Bo Rakchin (Bo Rakching) tibbiyotda kam uchraydigan xastalik bilan tug'ilgan. Shu sababli qizaloqning yuz tuzilishi qari kampirni eslatadi. Achinarlisi, tengdoshlari nuqul uning ustidan kulgani kulgan. Ota-onasi esa qizchani hech qachon vrach qabuliga olib bormagan. Shu sababli xastalik aynan qandayligini hech kim bilmaydi.

— Hatto, o'zimning aka-uka, opa-singillarim, qarindoshlarim ham ustimdan kuladi, — deydi Bo. — Ular meni singlim emas, kampir deb chaqirishadi…

Mahalliy monaxlar qizchaning vujudiga yovuz ruhlar joylashib olganini aytishmoqda. Uni duolar o'qib tozalash kerakmish.

— Men plastik jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazishni istardim, — deydi qizaloq. — Chunki ustimdan kulishlari jonimga tegdi…

Amerikada ham 41 yoshli ayol yashaydi. U «Xatchinson-Gilford sindromi» deb atalgan xastalik bilan og'rigan. Ayolning sof vazni atigi 26 kilo, bo'yi esa 135 santimetrga teng. U tishlar, sochlar to'kilishidan, yurak xastaligidan azoblanmoqda. Uning ham yuz tuzilishi 90 yashar kampirni eslatadi.