Kimdir azondan bezor, kimdir masjidga zor: “Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagilar qachon masjidga yetadi?!”

0

Tahminan bir yarim yil avval Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi aholi uchun masjid yo'qligi muammosini yozib chiqqan edik. Gap shundaki bir tadbirkor tayyor masjidni buzdirib tashlagan edi! Kim bilan, qanday kelishuv asosida aholining yagona masjidini buzdirib, yerni o'zlashtirib olgan bunisi haligacha qorong'u.

Hatirchi tumani “Yangirobod MFY” hududida bir sahiy inson o'z mulkidan yer ajratgan va xalq hashar yo'li bilan yangi masjid binosininig qurilishini boshlagan.

Ikki kun avval esa “yuqoridan” kelganlar yana qurilishni to'xtatib qo'yishgan.

Hujjatlarga kelsak, dastlab hokimiyat bu qarorni tasdiqlagan, qaror ham chiqqan.

Aholi bor yo'g'I o'z hududida masjid bo'lishini istayapti. Har kim o'z cho'ntagidan pul chiqarib, masjid qurilishi uchun harakat qilyapti.

Biz bilan bog'langan fuqarolar masjidga zor ekanliklarini aytishyapti:

“Goh diniy idoradan, goh hokimiyatda odamlar kelishadi-yu, hech mana shu masjid muammosini hal qilib berishmaydi! Yoki tortib olishadi yoki buzib tashlashadi! Biz endi qaerga boraylik?!”

Ko'ramiz bizning murojaatga qanday javob berishar ekan.

loading...