Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida fuqarolarga qo'y so'yish taqiqlab qo'yildi. Nega?

0

 

Haqiqatan, Turkmaniston g'arbidagi Turkmanboshi shahar rahbarlari 11 dan 13 avgustga qadar fuqarolarga qo'y so'yishni taqiqlab qo'ydi. Aytishlaricha, 11-12 avgust kunlari shaharda xalqaro iqtisodiy forum bo'lib o'tgan. Shahar rahbarlari tozalik va tartib saqlanishini nazarda tutib shunday qarorga kelishibdi.

12 avgust kuni esa davlat telekanallarida Turkmanboshi va Avaz shaharlaridagi Qurbon hayitiga bag'ishlangan tantanalar namoyish etilgan. Ma'lum bo'ldiki, bu tantanalar aslida besh kun oldin madaniyat arboblari ishtirokida  suratga olingan ekan.

ca-news. org

 

 

loading...