O'zbekistonliklar orasida eng mashhur ijtimoiy tarmoqlar

0

O'zbekistonliklar orasida qaysi ijtimoiy tarmoqlar eng mashhurligi ma'lum bo'ldi, deya xabar bermoqda Daryo

Unda aytilishicha, o'zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlar ichida eng mashhuri deb Telegram va You Tube ni ko'rsatgan. Instagram, Facebook, VKontakte, Odnoklassniki, Linkedln, Twitter, Snapchat esa nisbatan kamroq foydalaniladi.

So'rovnomada 195 nafar kishi ishtirok etgan bo'lib, ularning 63 foizi erkaklar, 37 foizi ayollardir. Hisobotda aytilishicha, so'rovnomada 18 yoshdan 45 yoshgacha bo'lganlar faol ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, ularning 78 foizi ijtimoiy tarmoqlardan har kuni foydalanadi. Bunda ishtirokchilarning 82 foizini tig'iz kun tartibiga ega bo'lganlar tashkil etadi.

So'rovnomada ishtirok etganlarning 41 foizi kun davomida ijtimoiy tarmoqlarga o'rtacha 1 soatdan 3 soatgacha vaqt sarflashi, 35 foizi 1 soatdan ortiq vaqt o'tkazmasligi, 13 foizi esa bunga 3 soatdan ortiq vaqt sarflashi aytilgan.

 

loading...