Bir haftada 23 kishi issiq ob-havodan vafot etdi

0

Yaponiyaning deyarli barcha hududlarida issiq ob-havo natijasida kamida 23 kishi halok bo'ldi yana 12,7 ming odam shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mamlakatning yong'inga qarshi kurashish Bosh boshqarmasi ma'lumotlari guvohlikbermoqda.

Statistika 5 avgustdan 11 avgustgacha vaqt oralig'ida keltirilgan. Umumiy hisobda 12 751 odam shifoxonalarga yotqizilgan. Eng ko'p jabr ko'rganlar Yaponiya poytaxti Tokioda  – 1,46 ming odam shifoxonaga yotqizilgan, shuningdek Saitamada (977) va Osakada (897) qayd etilgan.

Buning asosiy sababi iyun oyi va iyul oyining birinchi yarmida ob-havoning Yaponiya uchun juda sovuq kelganidan keyingi judayam isib ketishi bo'lgan. Mamlakatning ayrim hududlarida termometr ko'rsatkichi 39 darajadan oshib ketgan.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, Yaponiyada yuqori ob-havo harorati yana ikki hafta mobaynida saqlanib turishi mumkin, shu sababli odamlarga ko'chaga kamroq chiqishni, konditsionerlardan foydalanishni va ko'proq suv ichishni maslahat berishmoqda.

Jabrlanganlar soni ketma-ket uch haftadan beri 10 mingtadan ortiqni tashkil qilyapti. Meteorologlar yaqin bir necha kunda Yaponiyaning keng hududlarida issiq ob-havo saqlanib turishi haqida ogohlantirishmoqda. Shu bilan birga Yaponiyaning janubiy hududlari o'zi bilan birga kuchli yomg'irlar va bo'ron olib kelishi kutilayotgan “Krosa” to'foni izmida qoladi. Janubiy va janubiy g'arb hududlari havo harorati 30 darajadan oshmaydi, biroq hafta oxiriga kelib yana 35 darajagacha ko'tariladi.

Zarnews.uz

loading...