Bugun deyarli barcha hududlarda test sinovlari yakunlanadi

0

Bugungi kungacha aksariyat hududlarda test sinovlari yakunlanib bo'ldi. Xususan, 8 avgust kuni Surxondaryo, 10 avgust kuni Sirdaryo, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida, 12 avgust kuni esa Qashqadaryo viloyatida test sinovlari yakunlandi.

Kecha, 13 avgust kuni, Farg'ona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida ham test sinovlarining oxirgi kuni o'tkazildi.

Bugun quyidagi 4 ta hududda test sinovlarining oxirgi kuni – Qoraqalpog'iston, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlari.

Test sinovlarining eng oxirgi kuni, ertaga – 15 avgustda Buxoro viloyatida bo'lib o'tadi.

Test sinovlarining yakuniy javobi test sinovlarining oxirgi kuni o'tkazilgan kundan boshlab 1 hafta ichida e'lon qilinadi. Demak, 22 avgustga qadar yakuniy test javoblari ma'lum bo'ladi. Bunda javoblar aynan 22 avgustda emas, oldinroq chiqishi ham mumkin.

loading...