Gongkongda qonli namoyishlar. Xitoy shaharga og'ir harbiy texnikani olib kirdi…

0

 

Gongkongdagi xalqaro aeroport barcha samolyotlar parvozlarini vaqtincha to'xtatdi. Bunga minglab fuqarolar ishtirokidagi norozilik aksiyalari sabab bo'lgan.

Dastlab yuzdan ortiqroq odam ko'chaga chiqib tinchlikda miting uyushtirgandi. Sal o'tgach, Gongkongda yashovchi har uchinchi odam aksiyalarga kelib qo'shildi. Endi ko'chalar, aeroport minglab g'azablangan odamlar bilan to'ldi. Politsiyachilar aksiya ishtirokchilariga qarshi rezina o'qlar va ko'zdan yosh oqizuvchi gazlarni keng tarzda qo'llay boshladi. Xo'sh, gongkongliklar nima istashmoqda? Aytishlaricha, Gongkongda demokratik islohotlar o'tkazilishi bu shahar aholisiga sira yoqib tushmayapti ekan. Ular umumiy qozondan ovqat yeyishni istashmayapti. Shu kungacha amal qilib kelingan erkinlikni yo'q qilishlariga chiday olishmayapti ekan. Ana shuning uchun ham fuqarolar norozilik aksiyalarini tashkil etibdi.

Rasmiy Pekin qariyb o'n kundan beri to'xtamayotgan norozilik aksiyalaridan terror hidi kelayotganini tan oldi va shaharga xalq politsiyasining harbiy texnikalarini olib kirishga qaror qildi.

Politsiyachilar va namoyish ishtirokchilari o'rtasida yuzaga kelgan to'qnashuvlar oqibatida o'nlab odamlar og'ir yaralangan. 200 dan ziyod fuqaro qo'lga olingan. Namoyishchilar nafaqat ko'chada, balki metropolitenda ham politsiyachilarni toshbo'ron qilishdan tiyila olmagan.

 

 

loading...