Klopp bugungi bahsni ayol hakam boshqarishi haqida: «Yaxshi ko'rinishga harakat qilaman, bo'lmasa oyim xafa bo'ladilar»

0

«Liverpul» ustozi Yurgen Klopp «Chelsi»ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa Superkubogini ayol hakam boshqarishiga munosabat bildirdi. UEFA tasnifidagi erkaklar o'rtasida bo'lib o'tadigan musobaqalar tarixida ilk bora Stefani Frappar bosh referi sifatida faoliyat olib boradi.

«O'ylashimcha, vaqti keldi. Bibiana Shtaynxaus (boshqa bir ayol hakam) Germaniyada ishlagandi. Tarixiy voqelikning bir bo'lagi bo'lishimizdan xursandman. Yaxshi ko'rinishga harakat qilaman, bo'lmasa oyim xafa bo'ladilar. Bunaqasi ilk marta ro'y bermoqda, lekin bu muhim va o'ylaymanki, oxirgisi emas», – deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, «Liverpul» – «Chelsi» bahsi, bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

loading...